x

Ovqatga, ichimlikka puflash yaxshi emas. Ba'zi bolalar: «Issiq bo`lgani uchun puflayapman». deydi. Issiq bo`lmasa-chi? Issiq bo`lmaganida unga xech kim puflamaydi.

Bolalarga kichikligidan ovqatlanish odoblari kiyinish odoblari kabi amallarni o`rgatib borish kerak. Albatta, namuna bo`lgan holda.

Unutmang, farzandingizga bergan eng katta sovg`angiz go`zal tarbiyangizdir.

Shuning uchun ham farzandlarni tarbiyalayotganda ularni dunyo va oxiratda sizga va o`zlariga yordam beradigan qilib tarbiyalang.

Qur'on o`qish, tinglash, kitob o`qish kabi barcha yaxshi narsalar bola uchun xush kayfiyat ulashadigan xotiralar bilan bog`lik bo`lishi kerak. 

Ko`p gapirma! Undan ko`ra bor kitobingni o`ki!» kabi jazolash vositasida emas, balki xush kayfiyatda ekanida "Kel, kitob o`qiymiz!" kabi chorlov bo`lsin.

Hatto tabiat qo`yniga sayrga olib chiqqanda yayrab, o`ynab, quvnaganda «Kel, shu toza xavoda biroz kitob o`qiymiz» deyish mumkin.

Ota-ona janjal kilib, bolaning kayfiyati bo`lmaganda «Bor, sen Kur'oningni o`ki!» deyilsa va bunday xolat ko`p takrorlansa, bola ongida Qur'on o`qish bilan bog`lik salbiy tushuncha shakllanadi. Keyin muxabbat bilan o`qimaydi, yomon holatda o`qilar ekan degan xayol bo`ladi. Shuningdek, bola Qur'onni fakat o`liklar ortidan tilovat qilinadigan kitob deb bilmasin yoki «baraka uchun» devorga ilib qo`yiladigan narsa degan tasavvurda bo`lmasin.

Bolalaringizga Qur'on qanday kitob ekanini tushuntiring. Uni o`qib, o`rganib, tilovat kilish, ma'nolarni anglashning ahamiyatini, Qur'onga amal kilish zaruratini bolalar tilida uqtiring. O`zingiz o`rnak bo`ling.

Bolaga ta'lim va tarbiya berish qushning ikki qanoti kabi muhimdir. Hatto ba'zi ulug`lar "Biz ilmdan oldin odob o`rganar edik" deganlar. Biz esa farzandimizga ko`prok til o`rgatishga, nimadir yodlatishga oshiqamiz-u, lekin odob-ahloqi hakida uncha qayg`urmaymiz.

Biri bo`lib, biri bo`lmasligi natijasida dinsiz «olimlar» yoki «Mana bu erim toza» deb ko`ksiga uradigan omi «musulmonlar» etishib chikishi mumkin.

Farzandni duo qilish tarbiyaning bir qismidir. Chunki farzand duo sababli unib-o`sadi. Nafaqat farzandlarimizni, balki kelajak avlodlarimizni duo qilaylik. Ibrohim alayhissalom duo qildilar, oradan asrlar o`tib, duoning ijobati o`laroq Muxammad alayhissalom tug`ildilar.

Ota-onaning farzand haqqiga duosi ijobat bo`ladi. Shuning uchun farzandlaringizni, zurriyotlaringizni duoda unutmang!

Kattalarning hurmati

Ovkatlanganda odob yuzasidan oldin kattalar boshlab berishini kutish kerak. Bolaga bu tushuntiriladi. Bola kattalarning hurmatidan ovqatni ular boshlashini kutayotganini bilishi kerak.

 

Said Chamlija 

“Bolalar jahannamda yonmaydi” kitobidan

 

 

To Top ↑
To Top ↑