x

1. Asabiylashmang. Siz qanchalik muloyim va sokin bo`lsangiz, bolangiz ham shunchalik osuda bo`lib o`sadi.

2. Aldamang. «Ovqat esang, buvingnikiga olib boraman!», dedingizmi, olib boring yoki unday va'da bermang. Bolaga berilgan va'dani ustida turish muhim. Shunda u sizga ishonadi va talablaringizni oson bajara oladi.

3. Urmang. Bolani urishdan yomoni yo`q. Urmay turib ham jazolash mumkin, urmay turib ham ota-ona o`z gapini o`tkazishi mumkin. Urish darajasiga bordingizmi, demak ayb sizda.

4. Har narsani man qilavermang. «U mumkin emas, bu mumkin emas, »Uni qilma, buni qilma«, kabi gaplarni eshitavergan bola bora-bora bu gaplarga e'tiborsiz bo`lib qoladi. O`zingiz uchun ajratib oling. Haqiqattan mumkin bo`lmagan narsalar bilan sizga shunchaki noqulaylik keltiruvchi narsalarni. Masalan mashina yo`lga chiqish haqiqattan man qilinishi shart bo`lgan narsa. Qumda yangi kiyimda o`ynashi esa bu shunchaki sizga noqulaylik keltiruvchi narsa. Haqiqattan mumkin bo`lmagan narsalarga yo`l qo`ymang. Sizga noqulaylik keltiradigan narsalarga bo`lgan munosabatingizni o`zgartiring.

5. Yomon namuna bo`lmang. O`zingiz xunuk so`zlarni ishlata turib bolangizga »Hunuk gapirma!" deya olmaysiz. Huddi shunday kuni bilan televizor yonida bo`lmsagiz, bola ham dars qilmay televizordan keta olmaganiga hayron bo`lmang. O`zgarishni o`zingizdan boshlang.

6. Aybingizni tan olishni biling. Biron ishda xato qilib qo`ysangiz bolangiz oldida uni tan olishga odatlaning. Bundan bola xato qilishdan qo`rqib yashamay, xatoni qanday qilib takrorlamaslikni o`rgansin.

7. Bolani erka qilishdan qo`rqmang. Yetti yoshgacha erka bo`lgan bola hayotda katta yutuqlarga erishadi. Faqat erkaligi yangi o`yinchoqlar bilan emas, sizning mehringiz bilan qoplansin.

8. Kechirim so`rashni biling. Siz ham nohaq bo`lishingiz mumkin. Boladan kechirim so`rashdan qo`rqmang. Bundan u mehrliroq va sabrliroq bo`lishni o`rganadi.

9. Quchoqlang! Bolani ko`proq quchoqlab o`pishga odatlaning. Bola bunga ruhan ham jismonan zor bo`ladi.

10. Sabrli bo`ling. Bolaga ota-onaning jahli chiqishining eng asosiy sababi sabrsizlikdir. Bolaning qiliqlariga, ishiga, o`qishiga, yurish-turishiga ozgina sabr bilan yondashsangiz, u sizni faqat suyuntirayotganini his qilasiz.

To Top ↑
To Top ↑