Agar bola shijoatlantirib turilsa, o`ziga ishonadigan bo`lib o`sadi.
• Agar bola maqtovlar ichida o`ssa, rozilik va muhabbatni o`rganadi.
• Agar bola sheriklik muhitida o`ssa, birovga bir narsa berish va qo`li ochiqlikni o`rganadi.
• Agar bola rost gapiruvchilar xonadonida o`ssa, rostgo`ylikni o`rganadi.
• Agar bola insoflilar muhitida o`ssa, adolatni o`rganadi.
• Agar bola his-tuyg`ularga rioya qiluvchilar orasida o`ssa, ehtiromni o`rganadi.
• Agar bola qattiq tergovchi va tanqidchilar orasida o`ssa, yolg`onni o`rganadi.
• Agar bola qo`pollik va urushqoqlik muhitida o`ssa, adovatni o`rganadi.
• Agar bola doimiy xavf muhitida o`ssa, zaif va qo`rqoq bo`lib voyaga etadi.
• Agar bola jipslik va ahillik muhitida o`ssa, hamjihatlikni o`rganadi.
• Agar bola masxara qiluvchilar muhitida o`ssa, xijolatpaz bo`lib o`sadi.
• Agar bola hasadgo`ylar orasida o`ssa, hasad qilishni o`rganadi.
• Agar bola ortiqcha ahamiyat va himoya ostida o`ssa, o`ziga ishonmaydigan bo`lib voyaga etadi.