Bir ona hazrati Ali roziyallohu anhuning oldilariga kelib, u kishiga yolvora boshladi:
– Bolam tomga chiqib tarnovning ustiga o`tirib oldi. Chaqirsam tushmayapti. Yiqilib ketishidan qattiq qo`rqyapman. hamma chorani qo`lladim, lekin u joyidan qimirlamay o`tirib olgan. Nima qilishimni bilmayapman. Yordam bering, – dedi.
Hazrati Ali roziyallohu anhu qattiq tashvishlangan ayolga:
– Tezda birorta bola topib tomga chiqar. Bolalarda bolalarning gapini bajarishga mayl kuchli bo`ladi, – dedilar.
Ona borib hazrati Alining aytganlarini qildi. Haqiqatdan ham bolakay boshqa bir bolani ko`rgach, uning oldiga yugurib bordi. Yiqilishdan ham qutuldi.
Farzandlaringizga ularning o`zlariga mos muomala qiling, shunda ular aytganlaringizni so`zsiz bajaradi.