x

Buyuk olimlarimizdan Imom Ahmad ibn Hanbalning oldilariga bir ota kelib, bolasidan shikoyat qila ketdi. O`g`lining bunday yomon munosabati qarshisida nima qilishini bilmay qolganini aytdi va Imom Ahmaddan maslahat so`radi.

Imom Ahmad:

– O`g`lingni mabodo qarg`amaganmitsian? – deb so`radilar.

Ota:

– Albatta, boya sizga aytgan yomon ishlarini ko`rganimdan keyin qarg`aganmanda, – dedi.

Imom Ahmad bir xo`rsinib, dedilar:

– O`g`lingni boshqa birov emas, o`zing buzibsan. Uning oyog`iga bolta uribsan, sening badduoing uning o`zgarishi mumkin bo`lgan barcha eshiklarini yopgan. Endi senga yordam beraolamayman.

Har xil so`kish va qarg`ashalar aytish farzandlarimizning kelajagini xavf ostida qoldirishi mumkin.

To Top ↑
To Top ↑