x

Ishdan charchab kelgan ota kichik yoshdagi farzandlariga u-bu mayda yumushlarni buyurishi tabiiy hol. Ammo bunda ham erkak kishi o`ylab ish tutishi, o`z bolasiga ziyon-zahmat etishiga sababchi bo`lib qolmasligi lozim.

Odatda, erkak kishi ishdan kechroq qaytadi. Shunday paytda yaqinginadagi do`kondan olib kelsa bo`ladigan nimadir kerak bo`lib qoladi va ba'zi otalar o`ylamay netmay qaltis xatoga yo`l qo`yadilar.

Kech kirganiga qaramasdan, ota o`z hukmini o`tqazib, "do`konga borib kel" deb yosh bolasini yuborishdan o`zini tiymaydi. Ayol oshxonada kuydi-pishdi bilan ovora bo`lishi mumkin, bolasi ko`chaga chiqib ketganini ko`pincha ona bilmay qoladi.

Bu hol doimiy takrorlanib, erakak uchun yomon odatga aylangan bo`lishi ham mumkin. Shuning uchun ba'zan bunga xotini e'tiroz bildirsa ham, eri loqaydlik bilan "hech narsa qilmaydi"  deb uning gapini  cho`rt kesadi. Ko`za kunda emas, kunida sinadi, deb bejiz aytishmaydi.

"Yaxshi otalar" kitobidan

 

 

To Top ↑
To Top ↑