x

Kirill Al'tman Toshkent yaqinida 2022 yilning avgust oyida ochilgan Markaziy Osiyodagi birinchi bolalar xospisi haqida fil'm suratga oldi.

«Afsuski, O`zbekistonda bolalar onkologiyasi, shu jumladan, saratonning so`nggi bosqichini boshdan kechirayotgan qancha bola yashayotgani haqida hech qanday statistik ma'lumot mavjud emas. Va shuningdek, biz palliativ yordam nima ekanligini va vafot etayotganlarning so`nggi kunlarini qanday qilib g`amgin soatlar o`rniga hech qursa mehrli va xotirjam daqiqalarni ta'minlashni tushunmaymiz. Umuman, bizda ko`p narsa yo`q. Biroq bizda Markaziy Osiyodagi birinchi bolalar xospisi bor. U g`amxo`r odamlar — chin dildan yordam berishga harakat qiladigan va buni o`z hayotlarining bir qismiga aylantirolganlarning sa'y-harakatlari bilan yaratilgan», — deb yozadi AlterEgo loyihasi muallifi.

Fil'm «Farishtalar» deb nomlangan, Kirill Al'tman ta'kidlaganidek, chunki «har ikkala tomon ham farishtalardir».

To Top ↑
To Top ↑