x

Bunday bolalarning aybi yo`q. Chunki, gunohni (uning ota-onasi bo`lmish) o`sha erkak-ayol qilgan. Islom u bolani gunohkor hisoblamaydi, chunki u toza fitratda tug`ilyapti, balog`atga etguncha, hech qanday gunoh yozilmaydi ham. Balog`atga etganidan keyingina, qilgan ishi uchun gunoh yoki savob oladi.

Noto`g`ri tushunchalar paydo bo`lib qolgan. Fiqh kitoblarimizda ham keladi: valadi zino imomlikka o`tmasin, deyiladi. Nima uchun, deb so`ralsa, uning ota-onasining tayini bo`lmagani, ilm ololmagan, etarli bilimi bo`lmagani e'tiboridan u man qilinadi. Aslida, uning ilmi bo`lsa, o`zining salohiyati bo`lsa, namozni joy-joyiga qo`ya olsa, u imomlikka o`tishi mumkin.

Ammo, kitoblarimizda umumiy yozilgan. E'tiborga olingan narsa shuki, ota notayin, ona notayin, ular etarli bilim ololmagan bo`ldi, bilimsiz insonning imomlikka o`tishi makruh degan ma'no yotadi.

Demak, bunday bolalardan jirkanish, ularni jamiyatdan ajratib qo`yish mutlaqo noto`g`ri ish. Aksincha, ularni bag`riga olib, tarbiyalab, kelajakda yaxshi inson qilib etishtirishga harakat qilinsa, albatta, bu natijasini beradi. Bu erda, uni nikohsiz dunyoga keltirganlar aybdor hisoblanadi.

Hikmatilla domla Toshtemirov

To Top ↑
To Top ↑