2022 yilda O`zbekistonda 469 nafar odam voyaga etmaganlarga nisbatan jinsiy zo`ravonlik uchun jazoga tortilgan.
Qayd etilishicha, 23 nafar shaxs 14 yoshga etmagan bolalarning nomusiga tekkan. 99 nafar shaxs esa 14 yoshga to`lmaganini bilib turib, zo`ravonlik bilan bog`liq jinoyatlarni amalga oshirgani yuzasidan javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, 249 nafar shaxs 16 yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilgani uchun jazoga tortilgan.
7 nafar shaxs o`n olti yoshdan o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilgani uchun javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, 91 nafar shaxs o`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan buzuq harakatlar qilgani uchun jazolangan.