Chegara bilmas shifokorlar (MSF) tashkiloti Sudan g’arbidagi Shimoliy Darfur shtatining Fashir shahrida har ikki soatda kamida bir bola to’yib ovqatlanmaslik tufayli vafot etayotganini ma’lum qildi. Shu bilan bir qatorda, ular xalqaro hamjamiyatni shoshilinch safarbarlikka chaqirdi.
Bundan tashqari, hududdagi oilalar farzandlari uchun tibbiy yordam olish imkoniyati mavjud emas. Bunga sabablardan biri moddiy yetishmovchilik bo’lsa, asosiy omil tibbiy mahsulotlarning o’zi mavjud emasligida.
Yuqoridagi shifokorlar guruhi mamlakatning Zamzam va Darfur lagerlarida o’tkazgan tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda ushbu tashvishli xulosalarga kelishdi. Holat ancha jiddiy baholanmoqda. Qolaversa, o’lim soni ko’payishini oldini olish uchun zudlik bilan chora ko’rilishi kerakligi ham xabarlarda ta’kidlangan. Buning uchun mutaxassislar lagerlarga gumanitar yordamlar yetib kelishi uchun Fashir aeroportini ochishga chaqirdi.