x

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida yashovchi 2009-yilda tugʻilgan, voyaga yetmagan fuqaroning tan jarohatlari bilan tasvirga olingan videolavha tarqaldi.

IIV Matbuot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, ushbu bolaga tan jarohatlar joriy yilning 7-yanvar kuni oʻzining otasi 1972-yilda tugʻilgan A.X. tomonidan oʻgʻli axloqsizlikka yoʻl qoʻygani vaji bilan yetkazilgan.

Hozirda voyaga yetmagan bolaga tibbiy va psixologik yordam koʻrsatilgan hamda tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlangan.

Holat yuzasidan Urganch shahar Ichki ishlar organlari tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari boshlangan.

Shuningdek, bolalar ombudsmani ham vaziyat nazoratga olinganini ma'lum qilib, quyidagi fikrlarni bildirgan:

Bolaga nisbatan bu kabi zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yganlar kim bo‘lishidan qat’i nazar tegishli javobgarlik ta’minlanishi shart. Bolalar ombudsmani bu holat bo‘yicha bolaning manfaatlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

To Top ↑
To Top ↑