Bolalar o'rtasida nosog'lom raqobat yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri ota-onalardir. Ba'zida "Falonchiga o'xshasang bo'lmaydimi?", "O'rtoqlaringni qara, unisi unday, bunisi bunday, nega shulardek bo'lolmaysan?" kabi dakkilar natijasida bolalar o'rtasida o'zaro musobaqalashish vujudga keladi. Boshqalardan yaxshiroq bo'lish uchun ko'proq harakat qilishi, bilim olishi yaxshi, ammo bu gaplardan so'ng ota-onasi boshqalarni o'z bolasidan ustun ko'radigandek xayolga borishi yomon. Bu holatda bola "Demak, otam mendan ko'ra falonchini ko'proq yaxshi ko'rarkan" yoki "Onamga mendan ko'ra falon o'rtog'im yaxshiroq ekan" kabi tushunchalar paydo bo'lib, bu bolaning ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Shuning uchun ota-onalar bu borada ehtiyotkor bo'lishlari, imkon qadar farzandlarini ularning oldida boshqa tengdoshlari bilan taqqoslamasliklari maqsadga muvofiq bo'ladi. Taqqoslaganda ham kimnidir yaxshiroq deb ko'rsatmagan holda, oltin o'rtalikni saqlay olgan ota-onalar farzandining kamolga yetishida muammoga yuzaga kelmaydi degan umiddamiz.
Sherali Soliyev