x

Xuseyn Muhammad Tohir tugʻma koʻzi ojiz boʻlib tugʻilgan. 5 yoshida uning otasi bolaga haftada yetti kun kun boʻyi Qurʼon oʻqiladigan toʻlqinga moslangan radio hadya etgan.

“Men oʻgʻlimni Qurʼoni karimni oʻqiy olmagani sabab, Allohning kalomini eshitishini istagan edim. Biroq uning shu tariqa butun Qurʼonni yodlay olishi mumkinligini oʻylab ham koʻrmagan ekanman”, deydi Husaynning otasi.

Bolaning oilasi Jidda shahridan Madinaga koʻchib kelganidan soʻng, bola otasidan uni Paygʻambarimiz masjidiga olib borishini soʻradi. Ota rozi boʻldi, lekin bolaga “Baqara” surasidan bir nechta oyatlarni oʻqib berishni shart qildi. Bola surani butunicha yoddan oʻqiganida otaning hayratini tasavvur qiling.

Shundan soʻng, oila boshligʻi bolani Qurʼoni karimni oʻqish va yodlash boʻyicha mutaxassislarga koʻrsatdi va ular bolaning uni toʻliq yodlab boʻlganini tasdiqladilar. Bolaga mahoratini oshirish uchun faqat bir nechta oʻqish darslari kerak boʻldi. “Bu menga oʻgʻlimning koʻr boʻlib tugʻilganidan beri koʻp yillar davomida boshidan kechirgan barcha azob-uqubatlarni unutishga majbur qildi”, dedi bolaning otasi.

To Top ↑
To Top ↑