Butun dunyo bo’yicha abort qilish huquqi turlicha tus olgan. Ammo ushbu holat yildan-yilga “ommalashib” bormoqda. Statistikalarga ko’ra, har to’rtinchi homiladorlik abort bilan yakunlanmoqda. Biroq hozirda tug’ruq yoshidagi ayollarning 40% dan ortig’i abort qonun bilan cheklangan hududlarda istiqomat qiladi.
Bugungi kunda qariyb 20 ta davlatda bolani abort qildirish butkul taqiqlangan. Misr, Senegal, Gabon, Madagaskar, Mavritaniya va boshqa davlatlar shular jumlasidandir. Janubiy Amerika qit’asida ham yuqoridagi holatni amalga oshirish muammoli sanaladi.
Abort taqiqlangan davlatlarda mazkur ish “og’irlashtirilgan odam o’ldirish” jinoyati bilan tasniflanib, o’rtacha 50 yilgacha qamoq jazolari nazarda tutilgan. Misol uchun, o’tgan yillarda Salvador hukumati farzandini oldirgan onani 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. Yevropada ushbu masala istisno holatida turibdi. Maltada 3 yilgacha qamoq jazosi belgilangan.
Ayrim mamlakatlarda abortga kamdan-kam hollarda, faqatgina favqulodda vaziyatlardagina ruxsat beriladi. Jumladan, Kot-d’Ivuar Liviya, Uganda, Janubiy Sudan, Afg’oniston, Yaman, Bangladesh va shu kabi mamlakatlarda ayolning hayotiga xavf tug’iladigan hollarda abort mumkin hisoblanadi. Janubiy Koreya 2019-yilda taqiqini bekor qilgan, ammo vaziyatni tartibga soluvchi qonun hali ishlab chiqilmadi. Italiyada homilaning 12 haftaligigacha abortga ruxsat beriladi.
Dunyo bo’ylab har yili 25 milliondan ortiq xavfli abortlar amalga oshiriladi va bu eng ko’p onalar o’limining uchinchi sababi hisoblanadi.