Sigir suti bolalar uchun allergiya qoʻzgʻatuvchi kuchli vositalardan biridir.
Sigir suti yosh inson tanasi uchun eng kuchli allergen hisoblanadi. Bu sutning tarkibidagi 20 ta oqsildan 14 tasi bilan bogʻliq.
Ikki yoshgacha boʻlgan bolalarda fermentlarning yetishmasligi va bolalar ichaklari devorlarining oʻtkazuvchanligi tufayli oqsillar qonda oʻzgarmagan holda paydo boʻlib, immunitet reaksiyalarini keltirib chiqaradi va allergiya qoʻzgʻatadi.