x

Parvoz vaqtida chaqaloq dunyoga kelishi noyob hodisa hisoblanadi. Xalq orasida “bola samalyotda tug’ilsa, barcha davlatlarning fuqaroligini oladi, bir umr parvoz qilish bepul bo’ladi yoki qaysi davlat ustida uchayotgan vaqtda dunyoga kelgan bo’lsa o’sha davlat fuqaroligini oladi” degan gap-so’zlar yuradi. Xo’sh, bu gaplar qanchalik haqiqatga yaqin yoki chaqaloq parvoz vaqtida dunyoga kelsa nima bo’ladi? Quyida ushbu mavzuga atroflicha to’xtalib o’tamiz.

Aviakompaniyalar ichki siyosatlari orqali bu holatni doim qisqartirishga harakat qilishadi. Bunga fuqarolik muammolari, favqulodda holat yoki ortiqcha xarajatlar sabab bo’lishi mumkin. Statistikaga nazar soladigan bo’lsak, har 26 million yo’lovchining biri bortda farzand dunyoga keltiradi. Taxminan, 400 000 chaqaloqning 50 tasi “osmonda tug’ilgan”. 

Odatda, bortda yuqoridagi holat yuzaga kelganda styuardessalar shifokorlarni yordamga chaqirishadi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu vaziyatga favqulodda holat deya qaralib parvoz yo’nalishi o’zgartirilishi ham mumkin. Xuddi shunday holat 2020-yil Qatar Airways kompaniyasi reyslaridan birida sodir bo’lgan. Bangkokka uchayotgan samolyot zudlik bilan yordam olish uchun Kalkuttaga qo’nishga majbur bo’lgan. Bunday holatlarda professional e’tibor muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki tug’ilayotgan chaqaloqlarning  katta qismi erta dunyoga kelayotgan bo’ladi. 

Aviakompaniyalar odatda bu kabi holatlarni sovg’a va mukofot pullari berish bilan nishonlashadi. Ammo, undan so’ng fuqarolik muammolari yuzaga kelishi mumkin. Amaldagi qoidalarga ko’ra chaqaloq parvoz paytda tug’ilsa ota-onasinining fuqaroligi hisobga olinadi. Bu usul to’g’ri kelmagan taqdirda, o’sha samolyot ro’yxatdan o’tgan mamlakat fuqaroligi berilishi mumkin. Qoidalar aviakompaniyalar va davlatlar ichki qoidalariga qarab farqlanishi mumkin. 

Ma’lumot o’rnida, 2023-yil 26-aprel kuni Uzbekistan Airways parvozlaridan birida ham chaqaloq dunyoga kelgan. Aviakompaniya bola tug‘ilishida yordam ko‘rsatgan yo‘lovchilarga minnatdorlik bildirib, ularga esdalik sovg‘alari taqdim etgan edi.

To Top ↑
To Top ↑