Bola so`z bilan emas, balki ota-onasining xatti-harakatlaridan namuna olib, ularning xulq-atvori bilan shakllanib, tarbiya qilinadi.
Bu pedagogikaning asosiy tamoyillaridan biridir. Bolalarga qancha kam so`z aytilsa, shuncha kam yo`l-yo`riq berilsa, buning o`rniga namunali tarzda harakatlar ko`rsatilsa, bola shunchalik to`g`ri va chiroyli xulq-atvorga ega bo`ladi.
Og`zaki ifoda bolaga nimanidir o`rgatishi mumkin, ammo namunali xulq-atvor bolaga unga sazovor bo`lish imkonini beradi. O`rganish vaqtinchalik va orttirilgan xulq-atvor shaxsiyatning asoslaridan biriga aylanadi. Ko`pgina ota-onalar o`z farzandlariga to`g`ri va chiroyli xulq-atvorni o`rgatyapman, deya o`ylaydilar. Bola ular o`ylagan xatti-harakatlarni qilolmagani uchun uni jazolashlari lozim deb biladilar. Lekin agar ota-onalar farzandlaridan o`zlari xohlagan xatti-harakatlarni ular bilan hayot tarzi sifatida yashasalar, bolalarini jazolashlari ham, ularni boshqarishlari ham shart bo`lmaydi.