Oilada to`ng`ich farzand bo`lgan insonlar xafa bo`lishga moyil insonlar ekan. Negaki, keyingi farzandlar tug`ilgach, to`ng`ich farzand zimmasiga ota-onalar birmuncha ma'suliyat yuklab qo`yishadi va ularning bolaligi qolib, endi ular ota-ona bilan birgalikda ancha vazifalarni gardaniga olishga majbur bo`lishadi. O`z yoshiga nisbatan ertaroq katta bo`lishadi. Natijada bolalikka to`ymay qolishlari mumkin. Bu ularning qalbida bir oz o`ksik holat saqlanib qolishiga sabab bo`ladi.
Bunday holat ko`p uchrashiga sabab yosh ota-onalar birinchi farzandlarida hali tajribasizlik qilishi va ketma-ket farzand ko`rganlaridan keyin, to`ng`ich farzandiga nisbatan kattalarday muomala qila boshlashi. Ularga ham alohida mehr berish kerak ekanligini bilishmaydi.
Farzandingiz nechta bo`lishi, necha yosh bo`lishiga qaramay ularga mehr berishni unutmang, yaxshi ko`rishingizni doim ta'kidlab turing. Chunki ko`pchilik to`ng`ich farzandlar meni yaxshi ko`rishmaydi degan fikr bilan o`ksib ulg`ayishadi, buni ular hech qachon sizga aytmaydilar. Ammo bu ularning ruhiyatida salbiy iz qoldirib, kelajakda yomon asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun kichkintoyingizni ham erkalang va shu o`rinda to`ng`ich farzandga bo`lgan mehringizni ham kamaymasligiga e'tiborli bo`ling.