x

Aksariyat ota-onalar kenja farzandini ko`proq erkalatadi, boshqalariga nisbatan ziyodaroq mehr beradi. Yoki yana kimdir to`ng`ich farzandini ustunroq ko`radi. Eng birinchi katta bo`lib, menga yordam beradi, ilk voyaga etadigani shu deyishadi. Ammo bu mutlaqo noto`g`ri!

Farzand xoh katta, xoh kichik bo`lsin, ular ota-ona uchun birdek bo`lishi kerak. Mehrni, e'tiborni ularning har biriga teng taqsimlay olish ota-ona zimmasidadir. Chunki siz ko`proq vaqtingizni kenjatoyingiz bilan o`tkazsangiz yoki uni ko`proq erkalatsangiz, boshqa farzandlaringiz nazdida "otam yoki onam bizni kamroq yaxshi ko`rar ekan" yoki umuman yaxshi ko`rmas ekan degan xayol kelishi mumkin. Ko`pchilikka bu sezilmaydi. Ammo bolalar "akamni yoki ukamga ko`proq mehr beryapsiz" deb aytarmidi? Albatta yo`q.

Shunday ekan, ota-ona bu borada oltin o`rtalikni saqlay olishi kerak. Bu farzandlaringiz orasida sizni bir-biridan qizg`onishni keltirib chiqarishi yoki o`ziga bo`lgan bahoning kamayib ketishiga ham olib kelishi mumkin. Shunday ekan, farzandlaringiz har tomonlama o`ziga ishonch bilan voyaga etishi, sizning mehringizni to`kis his qilishi uchun ularning birini boshqasidan ustun ko`rmang. To`g`ri, har qaysi ota-ona ham barcha farzandlarim men uchun bir xil deydi. Lekin amalda buning aksi bo`lishi ham mumkin. Demak, farzandning nafaqat boshqalar bilan munosabatida, balki o`z aka-uka, opa-singillari bilan aloqalarida ham o`zaro teng bo`lishi katta ahamiyatga ega va bu avvalo ota-onaga bog`liq vaziyatdir.

To Top ↑
To Top ↑