Peshindan keyingi uyqu yosh bolalar uchun juda muhimdir. Bu ularning normal rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda bog`chalarda ham bolalar tushdan keyin albatta majburiy bo`lsa-da uxlatiladi. Buning sababi bolani bir amallab "tinchitish" emas, aksincha uning to`g`ri rivojlanishi uchun zamin yaratishdir.
Tadqiqotchilar muntazam ravishda kunduzi uxlab oladigan bolalar qandaydir og`ir kasalliklardan saqlamasada, uyqusizlik sabab kelib chiqadigan ayrim kasalliklarga qarshi foyda berishini ta'kidlaydilar. Shuningdek, sifatsiz ya'ni noto`g`ri vaqtda, noto`g`ri joyda uxlash, uyquning me'yordan kam yoki ko`p bo`lishi vaqt o`tishi bilan miyaga shikast etkazishi, yallig`lanishni keltirib chiqarishi va hujayralar o`rtasidagi aloqani buzishini ta'kidlashadi.
Demak, bolalarni bog`chaga bormagan kunlari ham kunduzi uxlashini ta'minlash nafaqat sizning boshqa ishlarga ulgurishingizga yordam beradi, balki farzandingiz sog`lom tana va teran fikr bilan voyaga etishini ta'minlaydi.
Kunduzgi muntazam uyqu miya uchun foydali - bu uni sog`lom saqlaydi va shu bilan birga umrni uzaytiradi.
London Universitet kolleji tadqiqotchilari tushdan keyingi uyqu miya hajmini oshirishini aniqladi, bu esa yosh o`tishi bilan qisqarib boradigan miyani yoshartirishi mumkin.
Tadqiqot mualliflaridan biri, doktor Viktoriya Garfild so`zlariga ko`ra, kunduzgi uyqu jismoniy mashqlardan ko`ra tiklanishning ancha jozibali va qulay shaklidir, garchi uning o`zi, o`z e'tirofiga ko`ra, sport zalida yarim soatlik mashg`ulotni afzal ko`rsa-da.
Shu bilan birga, mutaxassislar tan olishadiki, tushdan keyingi uyqu — hashamat. Hamma ham biroz bo`lsa-da mizg`ib ololmaydi, ayniqsa ishlaydigan odamlarning bu ishi boshliqqa yoqmasligi mumkin.
Peshindan keyingi uyqu yosh bolalar uchun juda muhimdir, bu ularning normal rivojlanishiga imkon beradi. Ilgari bolalar bog`chalarida, ayniqsa sovet davrida bu majburiy bo`lgan. Bolalar xohlaydimi yoki yo`qmi, albatta, to`shakda qator yotqizib qo`yilgan.
Voyaga etganidan so`ng, ko`pchilik bu vaqtni sog`inadi, chunki deyarli hech kim kun davomida uxlash uchun vaqt ajrata olmaydi. Ammo pensiyaga yaqinlashganda, bunday imkoniyat yana paydo bo`ladi va endi bu vaqt boy berilmaydi: so`rovlarga ko`ra, 65 yoshdan oshgan odamlarning taxminan 27 foizi kunning yarmida uxlab oladi.
Ma'lumki, miya yosh o`tishi bilan quriydi, bu esa turli, ba'zan tiklab bo`lmaydigan oqibatlarga olib keladi. Tadqiqotchilar muntazam uxlash Al'tsgeymer kabi kasalliklardan qutqarishi mumkinligiga ishonchi komil emas. Ammo ular uyqusizlik yoki sifatsiz uyqu vaqt o`tishi bilan miyaga zarar etkazishi, yallig`lanishni keltirib chiqarishi va hujayralar o`rtasidagi aloqani buzishini ta'kidlaydi.
Uyqu jarayonini tadqiq qilish oson emas. Kunduzgi uyqu sog`liqni yaxshilashi mumkin, ammo boshqa tomondan, sog`liq bilan bog`liq muammolari odamni uyqusiratishi ham haqiqat. Buning sababi nima, oqibati nima ekanini qanday tushunish mumkin?
Peshingi uyquning foydasini isbotlash uchun britaniyalik olimlar DNK asosida ulkan tabiiy tajriba o`tkazishdi. Avvalgi tadqiqotlar natijasida allaqachon uyqu yoki uyg`onish tendentsiyasi uchun mas'ul bo`lgan 97 ta DNK segmenti aniqlangan edi.
Bu safar tadqiqotchilar 40 yoshdan 69 yoshgacha bo`lgan 35 ming kishi DNK ma'lumotlarini tahlil qilishdi va genetik jihatdan kunduzgi uyquga moyil bo`lganlarning miya hajmini genetik «uyg`oqlar» miyasi bilan taqqoslashdi.
Hajmdagi farq 15 kub santimetrni tashkil etdi, bu unchalik katta farq emas. Lekin aslida bu hayotning 2,6 dan 6,5 gacha qo`shimcha yillarini anglatishi mumkin.
Tadqiqotchilar kunduzgi uyquning sog`liqqa qanday ta'sir qilishini aytishga jur'at eta olmaydilar, lekin ular ishonch bilan aytishadiki, yarim soat uxlash orqali miya hajmini biroz bo`lsa-da oshirish, uni va sog`liqni mustahkamlash kafolatlanadi.