x

Ba'zi bolalar juda imillagan, odamovi va og`ir-bosiq bo`ladi. Ular juda kichkinaligidanoq bolalarni uzoqdan kuzatishni yaxshi ko`radi. Bolalar bilan birga o`ynamaydi, to`rt yoshga to`lganda zo`rg`a gapirishni boshlaydi. Bunday tabiatli bolalarni ruhshunoslar flegmatiklar deb ataydi.

Flegmatik bolaning tabiatini qanday qilib to`g`rilash mumkin?

Odamoviligidan boshlaymiz

Bola yolg`izlikni yaxshi ko`radi, tengdoshlari bilan kam o`ynaydi. Kech gapirish, atrofdagi muhit to`g`risidagi tasavvurning kamligi va haddan tashqari tortinchoqlik shu tufayli paydo bo`ladi.

Iloji boricha bola bilan ko`proq muloqotda bo`lish, birga qo`shilib o`ynashga harakat qilish, mehmonga, do`konlarga, jamoat joylariga birga olib yurish kerak.

 

Bolalar bog`chasi alohida band bo`lib hisoblanadi

Bir tomondan, erkin bo`lib o`sishi uchun bolaga kollektiv kerak. Ikkinchi tomondan – agar hali erta bo`lsa, u yanada battarroq o`z-o`zi bilan bo`lib qolishi mumkin. Bolalar bog`chasi uchun eng muvofiq yosh – 3 yosh hisoblanadi. Agar u bog`chada ovqat emasa, tarbiyachi va bolalarga e'tiborsiz bo`lsa – uni vaqtincha u erdan olishni o`ylab ko`ring.

Sustkashlik

Bolani jalb qilish kerak. Buning uchun qum soatlar juda yaxshi. 20 daqiqalik qum soat sotib oling, uni teskari qilib qo`ying va qumlar to`kilib bo`lguncha bajarish kerak bo`lgan topshiriq bering.

Erinchoqlik

Bu erda ham jalb qilish juda muhim. Topshiriq bering, u endi katta bo`lganini va siz unga ishonishingizni ayting. Va albatta rag`batlantiring. Baqirish bilan hech narsaga erisha olmaysiz – flegmatiklar o`zi bilan o`zi bo`lib qoladi va sizni eshitmaydi.

O`sishning kechikishi

Toqatlilik talab qilinadigan rivojlantiruvchi o`yinlar bilan shug`ullanish kerak, chunki flegmatiklar juda sabrli bo`ladi. Buning uchun uyda har kuni 15-30 daqiqa shug`ullanish etarli bo`ladi.

Odamovilik

O`z hissiyotlarini ifodalash juda muhim. Buning uchun timsoh tipidagi o`yinlar mos keladi: qayerda qiliq qilish, qayerda mimika bilan ishlab o`z ichki dunyosini tushuntirish. O`z hissiyotlaringizni ko`rsatishdan tortinmang.

Qat'iyatsizlik

U ham ko`pincha bunday kichkintoylarda bo`ladi. Va ularning ota-onalarida ham! Hech kimning gapiga quloq solmang, taqqoslamang va «mening bolam rivojlanmayapti yoki tentak» degan fikrni xayolingizga keltirmang. Mana ko`rasiz, u hammadan yaxshi bola bo`la

To Top ↑
To Top ↑