x

Odatda, bolaning muddatidan oldin tug`ilishi uning ota-onasi va yaqinlarida biroz xavotir uyg`otadi. Chunki odatdagidan erta tug`uruq natijasida dunyoga kelgan bolalarning hammasi ham to`kis yashab ketmaydi. Bugun sizlarga tanishtirmoqchi bo`lganimiz amerikalik Richard Skott Uil'yam Hatchinson esa nafaqat muddatidan oldin tug`ilgan, balki bu borada Ginnesning rekordlar kitobiga xam kiritilgan.

E'tiborga molik yana bir jihat shuki, Richardning ota-onasi 36 yoshli Elizabet va 40 yoshli Rik ushbu farzandini uzoq kutishgan. Hatto 2018 yil ular boshqa bir chaqalog`idan ayrilishgan. Shundan so`ng ayolning sog`ligida muammo bor deb taxmin qilindi. Tekshiruvlar natijasida Elizabetning bachadonida o`simta bor degan tashxis qo`yilib, uni operatsiya qilmoqchi bo`lishadi. Ammo operatsiyadan bir necha kun oldin ul'tratovushli tekshiruv ayolni davolashga hojat yo`qligini ko`rsatdi va o`simta deb taxmin qilingani aslida homila ekanligi ayon bo`ldi.

Ayni koronavirus pandemiyasi avj olgan vaqtda dunyoga kelgan Richard tug`ilganida atigi 337 gramm edi. Shifokorlar esa uning yashab ketish imkoniyatini 0 foiz deb baholashgan. Chaqaloq hayotining dastlabki uch haftasini bolalar intensiv terapiya bo`limida o`tkazgan.

Homiladorlikning to`rtinchi oyida (21 hafta) tug`ilgan Richard olti oylik bo`lganida uni shifoxonadan uyiga olib ketishlariga ruxsat berishdi. U hozirda 3 yoshdan oshdi va ota-onasi bilan gaplashayotgan, bog`chaga borib, tengdoshlari bilan o`ynayotgan bo`lsa ajabmas.

2021 yil yozida Richard belgilangan vaqtidan ancha erta tug`ilib, yashab ketgan chaqaloq sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

To Top ↑
To Top ↑