x

Dastlabki yillarda farzandingizning ta'lim va rivojlanishining asosiy usuli — bu o`yin.

O`yin farzandingizga zavq bag`ishlab, unga kashf qilish, kuzatish, tajriba o`tkazish, muammolarni hal qilish va xatolaridan saboq olish imkoniyatini beradi. Buning uchun u sizning qo`llab-quvvatlashingiz va rag`batingizga muhtoj bo`ladi. Ammo bolangizga yordamlashish va o`zini sinab ko`rishiga ruxsat berish o`rtasidagi muvozanatni topishga harakat qilish kerak. U ba'zida xato qilishi mumkin. Dunyoning qanday ishlashini o`zi bilishi farzandingizning bilim olishida katta ahamiyatga ega. Siz bilan o`ynash, gaplashish, tinglash va muloqot qilish uchun ko`p vaqt sarflanishi farzandingizga hayot uchun zarur bo`lgan ko`nikmalarni o`rganishga yordam beradi. Bu ko`nikmalarga muloqot, fikrlash, muammolarni hal qilish, boshqa odamlar va bolalar bilan harakatlanish va birga bo`lish kiradi. Ota-onalar va vasiylar bolaning jinsidan qat'i nazar, to`liq o`yin faoliyati bilan shug`ullanishlari kerak, chunki bu bolaning yaxlit ko`nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

O`yin bu munosabatlar o`rnatish uchun ajoyib - vositadir. Farzandingiz bilan o`ynash orqali unga siz uchun muhimligini bildirishingiz mumkin. Bu orqali farzandingiz kim ekanini va hayotda egallagan o`rnini bilib oladi.

Bolaning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi boshqa omillar

Farzandingizning o`sib-ulg`ayishi va rivojlanishiga uning genlari hamda sog`lom ovqatlanish, jismoniy faollik, sog`lik va siz yashaydigan hudud kabi boshqa omillar ham katta ta'sir ko`rsatadi.

Sog`lom ovqatlanish

Sog`lom ovqatlanish bolangizga o`sishi va rivojlanishi uchun zarur bo`lgan energiya va ozuqa beradi. Bu uning ta'm sezish hissini rivojlantirishga yordam beradi. Oilada sog`lom ovqatlanish va dastlabki yillardagi ovqatlanish odatlari bir umrlik sog`lom ovqatlanish odatlarini shakllantirishi mumkin.

Farzandingiz sizdan oziq-ovqat tanlovi haqida bilib oladi, sog`lom ovqatlanish odatlarining shakllanishiga yordam berishning eng yaxshi usuli bola sog`lom ovqat tayyorlayotganingizni, eyayotganingizni va zavqlanayotganingizni ko`rishiga imkon berishdir.

Ota-onalar va vasiylar jinsidan qat'i nazar, barcha bolalarning ovqatlanish talablari bir xil ekanini unutmasliklari kerak.

Jismoniy faollik

Jismoniy faollik bolani harakatga keltiradi. Bu uning motorika qobiliyatini rivojlantiradi, fikrlashga turtki beradi va o`z dunyosini o`rganishga yo`l ochadi. Bu ko`nikmalar jinsidan qat'i nazar, barcha bolalar uchun zarurdir. Farzandingizga faol o`yin uchun tashqarida ham ko`p imkoniyatlar kerak. Agar siz faol turmush tarzi kechirsangiz, farzandingiz sizga ergashishi ehtimoli katta.

Salomatlik

Bolaning sog`lig`i uning rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin. Barcha bolalar qaysidir paytda kasal bo`lishadi. Masalan, yo`tal va shamollash, quloq og`rig`i yoki gastroyenterit. Bunday bolalar kasalliklari odatda bola rivojlanishida uzoq muddatli muammolarga olib kelmaydi.

Ammo surunkali yoki uzoq muddatli kasalliklar farzandingizning rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin. Bunga karlik, ko`rlik yoki autizm spektrining buzilishi, shuningdek, kist fibrozisi, saraton yoki miya falaji kabi rivojlanish va ta'lim olishdagi buzilishlar kiradi.

Agar farzandingiz surunkali kasallikka chalingan bo`lsa, shifokor, hamshira yoki boshqa tibbiyot mutaxassisi, masalan, pediatr bilan gaplashganingiz ma'qul. Sog`liqni saqlash mutaxassislari farzandingizning holati uning rivojlanishiga qanday ta'sir qilishi va bu vaziyatda farzandingizni qanday qo`llab-quvvatlashingiz mumkinligi haqida aytib berishi mumkin.

Ota-onalar va vasiylar shuni ham yodda tutishlari kerakki, barcha bolalar jinsidan qat'i nazar, sifatli, tezkor va professional tibbiy yordamga muhtoj.

Mahalla va mahalliy hamjamiyat

Farzandingizning rivojlanishiga mahallangiz va mahalliy hamjamiyat ta'sir ko`rsatadi. Masalan, farzandingizning rivojlanishi do`stlar va qo`shnilar bilan ijobiy munosabatlarga, bolalar maydonchalari, bog`lar, do`konlar va bolalar parvarish qilinuvchi maskanlar, o`yingohlar, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktablar, sog`liqni saqlash markazlari va kutubxonalar kabi mahalliy xizmatlardan foydalanishiga bog`liq.

Har xil tezlikda rivojlanish

Bolalar har xil tezlikda o`sadi va rivojlanadi. Ba'zi ota-onalar farzandining qachon yurishidan, boshqalari chaqalog`ining birinchi tishlari qachon chiqishidan xavotirda. Ko`p ko`nikmalar bir xil tartibda rivojlanadi, lekin ular paydo bo`ladigan yosh bir oiladagi bolalar uchun ham farq qilishi mumkin.

Agar farzandingizning rivojlanishidan tashvishda bo`lsangiz, har bir bola uchun rivojlanish turlicha ekanini yodda tutganingiz ma'qul. Masalan, bolalar yurishni boshlashlari uchun odatda yosh oralig`i 8-18 oyni tashkil qiladi. Agar bolangiz 14 oyligida yurmasa, bu - normal holat.

Agar farzandingizning rivojlanishida haqiqatan ham muammo borligini his qilsangiz, o`z instinktingizga ishoning. Shifokor yoki hamshiraga murojaat qiling.

Ota-ona bo`lish

Bolani ota-ona, bobo-buvi, qarindosh-urug` yoki boqib olgan ota-ona sifatida tarbiyalayotganingizdan qat'i nazar, u doimo o`rganishda. Biz hammamiz xato qilamiz va tajriba orqali o`rganamiz. O`zingiz bilgan narsaga ishonch hosil qilish yaxshi. Bilmasligingizni tan olish va savollar berish ham to`g`ri.

Jismoniy va ruhiy salomatligingiz bola tarbiyasining muhim qismidir. Ammo ko`p e'tiborni bolaga yoki bolaga qarashga qaratgan holda ko`plab ota-onalar va qarovchilar o`zlariga g`amxo`rlik qilishni unutadilar yoki vaqt etkazolmaydilar. O`zingizga g`amxo`rlik qilish bolani tarbiyalash uchun kerak bo`lgan sabr, tasavvur va kuchni namoyon qilishingizga yordam beradi.

To Top ↑
To Top ↑