x

Har bir ota-ona belanchakda pish-pish qilib uxlab yotgan bolasining katta bo`lganda eng kamida Eynshteyn yoki Motsart kabi bo`lishini orzu qiladi.  Afsuski, iste'dodni oldindan aniqlab bo`lmaydi, lekin ba'zi belgilar bu boladan biron kim etishib chiqishini oldindan aytishi mumkin!

U rivojlanishda tengdoshlaridan o`zib ketadi. Bola emaklashni, yurishni va chopishni tezroq o`rganadi.

U izchil nutqqa ega. U boshqalardan oldin gapira boshlaydi va so`z boyligini kundan-kunga oshirib boradi.

U juda qiziquvchan. Va atrofdagilarni o`zining cheksiz «nima uchun?» degan savollari bilan qiynab yuboradi.

U juda sabotli. Uzoq vaqt (15 daqiqa va undan ko`proq) bir xil faoliyat bilan shug`ullana oladi, masalan, yasash bilan.

Bola qiyin vazifalarni yaxshi ko`radi. Unga yangi narsani sinab ko`rish, turli xil da'vatlarni qabul qilish yoqadi.

Uning tasavvuri juda boy. U har doim har xil voqealarni o`ylab topadi, o`zining tasavvuridagi do`stlari bor.

U ayniqsa ma'lum bir sohalarda qobiliyatli. Masalan, juda yaxshi rasm chizadi yoki aqlida hisoblaydi.

Kattalar bilan yaxshi munosabat o`rnatadi. «Katta yoshlilar»ning suhbatlarini tushunadi va hatto ularda bemalol ishtirok etishi mumkin.

U ma'lumotlarni tez esda saqlab qoladi. Bu ma'lumotlarni qayerdan to`plashi – do`stlari bilan munosabati natijasidami, kitoblar yoki mul'tfil'mlardanmi, bu muhim emas.

U boshqacha fikrlaydi. Bolaning har bir vaziyatga nisbatan shaxsiy, ba'zan esa o`zgacha qarashi bo`ladi.

Darslikdagi masalalar va o`yinchoqlarning yo`riqnomalari unga mo`ljallanmagani aniq!

Sizning farzandingizda iste'dodlilik belgilari bormi?

To Top ↑
To Top ↑