x

Farzandingizning qiliqlarini qaytarishingiz yaxshi, chunki u o`yinga qiziqib, kirishib ketsa, ko`proq o`rganadi. Bola o`ylab topgan o`yinlar qo`shimcha vositalarni talab qilmaydi. Bunday paytlarda bola qiziqqan narsaga e'tibor qaratishingiz, so`ng jarayonga qo`shilishingiz kifoya.

Bolalar boshqaradigan o`yin: nega bu chaqaloqlar va bolalar uchun foydali?

Bola o`yinda boshchi bo`lsa, qoidalar o`ylab topadi va o`yinni boshqaradi. Uning diqqatini biroz uzoqroq ushlab turish uchun uni kuzatib boring va aytganlariga yoki qilayotgan harakatlariga munosabat bildiring.

Farzandingizning yo`l-yo`riqlariga amal qilish yaxshi, chunki bolangiz faoliyatga qiziqsa, o`rganish samarali bo`ladi. Agar bolangizning qoidalari bo`yicha o`ynasangiz, unga mashg`ulot davomida o`zini qiziqtirgan yangi narsalarni o`rganishga yordam berishingiz mumkin.

Bundan tashqari, bolangiz etakchilik qilganda uning muloqot qilish ko`nikmalari rivojlanadi va atrofdagi narsalarga qanday ta'sir qilishini bilib oladi.

Bolalar o`yinlari uchun nima kerak?

Bolalar o`yinlari uchun sizga hech qanday maxsus jihoz kerak emas.

Farzandingizni ayni paytda nima qiziqtirsa, o`sha asosida o`ynang. Bu o`yinchoq yoki qush, o`t o`chirish mashinasi kabi atrofdagi narsalar, hatto siz, kulgili yuzlar va tovushlar bo`lishi ham mumkin.

O`yinda bolaga qanday etakchilik qilish kerak?

Farzandingiz nimaga qiziqishiga e'tibor qaratishdan boshlang. Bu bola o`ynaydigan biror narsa (masalan, to`p) yoki u bajaradigan harakat (ko`lmaklar orasidan sakrash kabi) bo`lishi mumkin. Kattaroq yoshdagi yoki maktabgacha yoshdagi bolalarda muntazam qiziqish paydo bo`ladi, masalan, dinozavrlar, o`t o`chiruvchilar, mushuklar yoki musiqa - har xil narsalar!

Farzandingizdan birga o`ynashni so`rang.

Farzandingizning faoliyatiga qo`shiling. Siz tomonga to`pni dumalatsa, uni qaytarib dumalatishingiz mumkin. Mashg`ulotga e'tiboringizni qarating. Bolani chalg`itmasligingiz yoki mashg`ulotning uslubini o`zgartirmasligingiz kerak. Agar u kubiklardan qasr qurayotgan bo`lsa (u hozir qasrlarni juda yoqtiradi), siz ham kuzatib, u bilan birga qurishingiz yoki kubiklarni olib berib turishingiz mumkin.

• Savollar bering yoki ikkalangiz qilayotgan ishga izoh keltiring - masalan, "Sen dumalatgan to`pni zo`rg`a ushlab oldim!" yoki "Qasrning kattaligini qara! Seningcha, unda kim yashaydi?" Javob qaytarishi uchun farzandingizga vaqt bering.

Agar farzandingiz yangi o`yinga o`tib ketsa, u vaziyatni boshqarishiga imkon bering. Masalan, u to`p o`ynashni to`xtatib, kubikchalarni o`ynay boshlasa, siz ham unga ergashing.

Kichkintoylar va yosh bolalar uchun bolalar o`yinini moslashtirish

Hatto chaqaloqlar ham o`yinni boshqarishi mumkin. Siz chaqaloqning ko`ziga qarab uning qiziqishini bilib olishingiz mumkin.

Masalan, "Anavi divanda bir xola o`tiribdimi? U nima qilyapti? U senga qo`l silkiyaptimi?". Agar chaqalog`ingiz imo-ishora yoki bola tilida javob bersa, xuddi odatiy suhbatdagidek gapirishni davom ettiring.

Yoki chaqalog`ingiz o`yinchoqqa, masalan, yorqin rangli shaqildoqqa qarayotganini ko`rsangiz, o`yinchoqni unga yaqin olib keling va ushlashi yoki shaqillatishi uchun bering.

To Top ↑
To Top ↑