x

Bolani emizayotganda uydan uzoqda bo`lishga tayyorgarlik ko`rish kerak emas. Siz va bola tayyor bo`lganda sut har doim tayyor bo`ladi. Jamoat joylarida emizish sizning tanlovingiz va farzandingizning huquqidir.

Uyda bolangiz bilan birgalikda emizish maromini o`rnatib oldingiz, emizish odatiy holga aylandi va endi siz uydan tashqarida uzoqroq vaqt o`tkazish haqida o`ylayapsiz. Deylik, oilangiz bilan uzoqroq sayr qilishni, do`konlarda xarid qilishni yoki dugonangiz bilan ko`rishib, qahva ichishni xohlaysiz. Onalar va bolalar ham boshqalar kabi turli mashg`ulotlarni bajarib zavqlanishni xohlaydi. Agar zamonaviy tavsiyalarga amal qilsangiz va bolangizga 6 oylikkacha boshqa oziq-ovqat yoki suyuqlik bermasangiz, qo`shimcha ovqatlar kiritilgandan keyin ham emizishni davom ettirmoqchi bo`lsangiz, uyda bo`lmagan vaqtingizda ham bolani emizishingiz kerak. Agar bu jarayon siz uchun noqulay bo`lsa, kundalik hayotda ko`plab cheklovlarga duch kelasiz.

Yaqin vaqtgacha deyarli aqlga sig`maydigan va jamoatchilik tomonidan muhokama qilinadigan holat, xayriyatki, bugun ijtimoiy me'yorga aylanib bormoqda. Ko`pgina supermarketlarda, bolalar do`konlarida, savdo markazlarida va boshqa jamoat joylarida bolani emizishga mo`ljallangan xonalar, burchaklar tashkil etilgan. Onalar ba'zida jamoat joylarida emizishni ma'qullamaydigan nigohlardan va gap-so`zlardan xijolat tortishadi yoki tashvishlanadi. Afsuski, bu qarash haligacha saqlanib qolmoqda.
Jamoat joylarda emizishni qulayroq qilish uchun o`nta maslahat:

• Siz o`z huquqlaringizni bilishingiz kerak. Jamoat joylarida emizishga ruxsat beriladi; siz nafaqat bolangizga eng yaxshi ozuqani berasiz, balki hozircha farzandsiz ayollar va erkaklarga bunday vaziyatda qanday emizish kerakligini ko`rsatasiz ham.

Agar ko`kragingiz ko`rinib qolishidan xavotirda bo`lsangiz, uyda oyna oldida mashq qiling; bola ko`kragingizning katta qismini qoplaganini ko`rasiz. Liboslaringizdan qaysi biri to`g`ri kelishini tekshirib ko`ring.

O`zingizni qulay his qiladigan kiyimni tanlang.

• Bolani olib yurishda adyol, choyshabdan foydalaning.

• Osonlik bilan echsa bo`ladigan ko`krakbog`dan foydalaning.

O`zingizga mos keladigan joyni tanlang. Ikki narsa muhim: hammaga orqa o`girib, qulay o`tirish va boshqa odamlar bilan imkon qadar kamroq muloqot qilish.

• Bolani ko`krakka tutayotganda orqaga buriling; shu paytda badanning ko`proq qismi ko`rinadi; bola emishni boshlaganda esa u ko`krakni deyarli to`sadi.

Agar o`zingizni noqulay his qilsangiz, ko`krak atrofini yo`rgak yoki ro`mol bilan o`rab oling, bolani ko`rib turing va bola ham sizni ko`rishiga imkon bering.

• Tabassum qiling!

• Yuzaga kelishi mumkin bo`lgan noqulayliklarga tayyor bo`ling - restoran menejeri yoki savdo markazining qo`riqchisi sizni ogohlantirishi mumkin. Javobingizni oldindan tayyorlang!

Agar bolangizni uydan tashqarida emizish uchun tayyor bo`lmasangiz, umr yo`ldoshingiz, do`stingiz, singlingizdan sizga hamroh bo`lishni iltimos qiling. Qo`llab-quvvatlash har doim yoqimli. Jamoat joylarida emizish ko`krak suti bilan boqish amaliyotini qo`llab-quvvatlaydi.

To Top ↑
To Top ↑