x

Ota-onalarning eng ko`p so`raydigan savollaridan biri  bolalar qiziqadigan o`yinchok qurollar haqidadir. Ba'zi ota-onalar bola o`rganib qoladi degan qo`rquv ta'sirida bolalarga qat'iyan o`yinchoq qurollar olib berishni istamaydilar. Ba'zi ota-onalar esa kelgusida farzandlarining o`zini o`zi himoya qila olishi, siqilmasligini o`ylab turli jangovar o`yinlar o`ynashlariga ro`xsat beradilar.

Pedagogika bunday o`yin va o`yinchoqlarga qanday munosabat bildiradi?

Bolaning hozirgi yoxud kelgusi hayotiga zarar etkazadigan narsa "kurol"ning o`zi emas, balki qurolsiz tasavvur qilinmaydigan fil'm qahramonlarining xatti-harakatlaridir. Agar bola o`ynashni havas qilgan o`yinchoq to`pponchaga ruh beradigan bolaning "qahramoni" bo`lmasa, bola uchun "qurol" hech qanday ma'no ifodalamaydi. Bolalar qahramoni bo`lmagan qurol bilan o`ynashni unchalik xushlamaydilar. Masalan, koinot qurollariga qiziqadigan bolalar juda kamchilikni tashkil qiladi. Chunki bularni ishlatadigan qahramonlar televizor ekranlarida, kundalik xabarlarda hadeb ko`rinavermaydi. Ya'ni koinot to`pponchasiga ruh beradigan qahramonning kam ko`rinishi bolalardagi bunday o`yinchoqlarga bo`lgan qiziqishini so`ndiradi. Hozirgi kunda bolalar ko`p qiziqadigan o`yinchok qurollarning aksariyati qandaydir qahramoni bo`lgan qurollardir. Ayniqsa, ekranlarda yuqori reytingga ega bo`lgan qahramonlar tomonidan ishlatiladigan turli nom va ko`rinishdagi qurollar.

Bolalarning bunday turdagi qurollarga qiziqishining asosiy sababi ularning chiroyliligi emas, balki, ularni qo`lida tutib turgan qahramonning qudratli imidjga egaligidir. Shu bois ota-onalar dikkat qilishi kerak bo`lgan xusus, bolaning qaysi qahramonni o`ziga kumir qilib olgani va u bilan butunlashib ketganidir.

 

Noodatiy harakatlar tez yuquvchan bo`ladi

Qo`yinchoq qurol bo`lgan bolaning xayol dunyosidagi qahramonning har bir harakati bola uchun o`zgarishsiz taqlid qilinish xususiyatiga ega bo`ladi. Haqiqiy tahlika ham shu nuqtada boshlanadi. Masalan, mul'tfil'mda bosh qahramon qo`lidagi qurol unga bergan kuch soyasida bir necha inson bilan jang qiladi va ularni bemalol haqorat qiladi. Bu epizodlarni tomosha qilgan bola esa o`z qahramonining bu harakatlarini taqlid qiladi. Bola bilan bu qahramonning butunlashtirgan narsa har ikkisining ham bir xil quroli borligi va "yomonlar" bilan jang qilishda bir xil usulni ishlatishidir.

 

Bu nuqtai nazardan olib qaralsa, qo`lida o`yinchoq qurol bo`lgan bolaning g`ayritabiiy harakatlari taqlid natijasidir. Agar bola bunday yomon odatlarga o`rganib qolsa, vaqt o`tishi bilan unchalik ahamiyat qilinmagan bu salbiy odatlar uning haqiqiy xarakteriga ham o`rnashish ehtimoli juda yuksak.

Televizorda yoki haqiqiy hayotda qurol olib yurgan kishilarning undan kuch olishlari, qurolning qarshi tarafdagi kishilarni qo`rquvga solishi bola uchun juda muxim. Zero hayotning ma'lum davrlarida kamsitilgan, haqorat qilingan, ahamiyat berilmagan va ezilgan bolalar uchun qurol xuddi sehrli tayoqcha kabidir. Qurol kanchalik katta va qo`rqinchli bo`lsa, bola o`z dunyo- sidagi yomonlarga nisbatan shu darajada kuchli ekanini xis qiladi. O`ynagan o`yinlarida yomon odamlarni otish va o`ldirishdan zavq olib yashashga urinadi. Bu jihatdan o`yinchoq bo`lsa ham qo`lida qurol olib yurgan bolalarning dunyosida ba'zi bir yomon odamlar mavjudligi ehtimolini diqqatga olishimiz lozim bo`ladi. Bu toifa bolalar o`zlariga qarshi qilingan salbiy harakatlarga nafratlarini o`yinchoq qurol bilan o`ynash orqali sochganlari ko`p holatlarda ko`rilgan.

Bolani o`yinchoq qurollardan qanday uzoqlashtirish mumkin?

Agar farzandingizning o`yinchoq qurollar bilan asta-asta zo`ravonlikka, tajovuzkorlikka yunalayotganini sezsangiz, uning bu odatini tashlashiga qarshi kurashishdan oldin quyidagi choralarni ko`rishingizni tavsiya qilamiz:

1. Farzandingizni turli jangovor ruhdagi va qurolli sahnalari mavjud bo`lgan mul'tfil'm va fil'mlardan uzoq tuting.

2. Turli texnik va komp'yuter o`yinlarida bunday ruxdagi o`yinlar o`ynashini to`liq ta'qiqlash lozim.

3. Farzandingiz oila davrasida va atrofida turli ko`ngilsizliklarga duch kelmasligini oldini oling. Unga hamma kabi e'tibor berilishini, kamsitilmasligini ta'minlang.

4. Oilada yomon muhit mavjud bo`lsa, ota-onalar o`rtasida surunkali janjallar bo`lsa, bola uchun bu odatlarni tashlash shart.

5. Bolaning o`rtoqlari ham qurolga qiziqadigan, jangovorlik, zo`ravonlik ruhidagi fil'mlarni va o`yinlarni yaxshi ko`radiganlar bo`lsa, farzandingizni ular orasidan chiqarib, boshqa toifa bolalar orasiga qo`shishga harakat qiling.

6. Boladagi qurolga bo`lgan qattiq qiziqishni oldini olish uchun ma'lum oraliqlarda unga chiroyli o`yinchoq va sovg`alar oling. Iloji boricha farzandingizni ijtimoiy rivojlanishiga yordam beruvchi masalan, bosh- qalarga hurmat qilishni o`rgatuvchi o`yinlarga chorlang.

7. Farzandingizning dunyosidan o`yinchoq qurol bilan birgalikda u kurolga ruh bergan qahramonni ham chiqarib tashlash yo`llarini qidiring.

To Top ↑
To Top ↑