x

Begona odamlardan qo`rqish: go`daklar va kattaroq yoshdagi bolalar

Begona odamlardan qo`rqish odatiy hol. Bu qo`rquv taxminan bola sakkiz oyligida paydo bo`lishi va odatda ikki yoshga kelib yo`qolishi mumkin. Sabr-toqatli bo`lish va bolangizni asta-sekin yangi odamlar bilan tanishtirish orqali unga begonalar atrofida o`zini qulay his qilishi uchun yordam berishingiz mumkin. Begona odamlardan qo`rqadigan katta yoshdagi bolalarda esa, uni yanada mustaqil qilish ustida ishlaganingiz afzal.

Begona odamlardan qo`rqish nima?

Go`daklar va kichkintoy bolalarda begona odamlardan qo`rqish - odatiy hol. Bu bola rivojlanishining normal bosqichidir.

Bu chaqalog`ingiz sizga o`xshagan tanish odamlarga nisbatan sog`lom munosabat rivojlana boshlaganida paydo bo`ladi. Kichkintoylar o`zlari tanigan kattalarni afzal ko`rgani sababli, notanish odamlarga shunday munosabatda bo`lishi - yig`lashi yoki bezovtalanishi, jim bo`lib qolishi, qo`rqib ketishi yoki yashirinishga harakat qilishi mumkin.

Begona odamlardan qo`rqish odatda 7-10 oylik davrda kuchayadi. Bu bir necha oy yoki undan ko`proq davom etishi mumkin. Qo`rquv, odatda, 18 oydan 2 yoshgacha bo`lgan davrda o`tib ketadi.

Misol uchun, 6 oydan beri enagasi bilan birga bo`lgan 10 oylik go`dak yangi enaga kelganidan xafa bo`lishi. vig`lashi, boshini onasining ko`ksiga bosishi yoki enaga uni ota-onasidan olib ketmoqchi bo`lganida qichqirishi mumkin.

Begona odamlardan qo`rqishda yordam: nima qila olasiz?

Begona odamlardan qo`rqish go`dak va kichkintoylar normal rivojlanishining bir qismi bo`lsa-da, bolangizga ko`p xafa bo`lmasligi uchun yordam berishda bir nechta chora-tadbirlarni ko`rsangiz bo`ladi.

Farzandingiz begonalar oldida o`zini xotirjam his qilishi uchun qanday yordam berish lozim?

• Farzandingiz begonalardan qo`rqishini e'tiborsiz qoldirmang yoki masxara qilmang. Bu uning faqatgina qo`rquvini oshirishi mumkin.

Bolangizning qo`lidan tuting yoki yangi odamlar bilan tanishayotganda tizzangizga o`tirg`izing.

Iloji bo`lsa, bolani birinchi navbatda uydagi yangi odamlar bilan tanishtiring. Uy - kichkintoy o`zini eng qulay his qiladigan joy.

Bolakay notanish odamdan juda xafa bo`lsa, uni tinchlantiring va boshqa yondashuvni sinab ko`ring, masalan, birga o`ynang. Bundan tashqari, tinchlanib olmaguncha uni yangi odamdan olib ketishingiz mumkin. Birozdan keyin qayta urinib ko`ring. • Yangi odamlar bilan vaqt o`tkazganda, farzandingizni tinchlantiradigan narsalarni (o`yinchoq yoki choyshab) o`zingiz bilan olib yuring.

Hotirjamlikni saqlang.

Shoshmang

• Sabrli bo`ling. Farzandingiz tayyor bo`lgunga qadar uni yangi odamlarga undamang. "Men bilan yana biroz o`tirishni xohlayapsan, shekilli. Kel, mana bu kitobni birga tomosha qilamiz".

Farzandingizni unga notanish odam bilan tanishtirganingizda, yonida bo`ling. Notanish kattalar, masalan, uzoq qarindosh yoki do`stlaringizdan bolani olib ketishdan avval biroz kutishlarini so`rang.

• Yoshi kattaroq bolalarga yangi odam kimligi va nima sodir bo`layotganini tushuntirish mumkin. Masalan, ayting: "Bu - mening do`stim Asila. U ham mashinalar bilan o`yin o`ynashni yaxshi ko`radi! Biz mehmonga borib kelgunimizcha u sen bilan qoladi. Yuvinib chiqquninggacha biz darhol qaytamiz".

Yangi odamlar bilan tanishish

• Farzandingizni yangi odamlar bilan tanishtirishda davom eting. Ular bilan tanishish uchun bola qanchalik ko`p imkoniyatga ega bo`lsa va bular unga tahdid emasligini bilsa, qo`rquvni engish begonalar oldida o`ziga ishongan holatda bo`lishi mumkin. Farzandingiz mustaqil bo`lishiga yordam beradigan ba'zi maslahatlar:

Farzandingizga ovqatlanish, yangi o`yin muhitini o`rganish va o`yinchoq o`ynash kabi ishlarni o`zi bajarishiga imkon bering.

Kichkintoyga ko`plab yangi tajribalar bering, yangi odamlar bilan tanishtiring. Vaqt o`tishi bilan u hech qanday yomon ish sodir bo`lmasligini anglaydi.

• Muammolarni hal qilishda shoshilmang, o`zi echim topishi uchun bolaga imkoniyat bering.

Farzandingizni supermarket savatchasiga mahsulotlarni qo`yish, pochta qutisini tekshirish yoki dasturxon tuzash kabi oddiy yumushlar uchun mas'uliyatni o`z zimmasiga olishga undang.

 

Farzandingizga uydan boshqa joyda uxlashni o`rganishi uchun yordam bering. Bu sizga bola uxlashidan oldin, masalan, bog`cha yoki qarindoshlarnikida tunash kerak bo`lganda asqatadi.

Begona odamlardan qo`rqqanda yordam berish

Ikki yoshgacha bo`lgan ko`pchilik bolalar yangi odamlar bilan qolishdan qo`rqishadi. Farzandingizning begonalardan qo`rqishi hayotning keyingi yillarida ham davom etsa va haqiqatan ham bezovta qilsa, tobora kuchaysa, pediatr bilan maslahatlashishingiz mumkin.

To Top ↑
To Top ↑