Bolaning kun bo`yi, uzluksiz beshikda yotishi zararli. Kuz va qish oylarida bola terisiga yorug`lik tushishi kamayadi. Oqibatda D vitamini etishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
Bolaning qo`l-oyoqlarini siqib bog`lash o`z navbatida qon aylanishni buzilishiga olib keladi.
Bolani uzoq yotishi hisobiga boshining ensa qismida deformatsiyalar yuzaga kelishi mumkin.
Beshikda bolani doimiy bir tomonlama emizish qiyshiq bo`yinlikka sabab bo`lishi mumkin.
Sumakdan foydalanishda gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, jinsiy a'zolardagi infektsion kasalliklarga sabab bo`lishi mumkin.
Beshikni qattiq va tez tebratish markaziy asab tizimidagi jiddiy muammolarga sabab bo`lishi mumkin.