x

Sinf jihozning o‘quvchining bo‘yiga to‘g‘ri kelmasligi umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga va uzoqni ko‘ra olmaslik kasalligiga olib keladi. 

Kuzatishlarning natijasiga ko‘ra o‘quvchi bir - biridan bo‘yi -bo‘yicha 10 sm ko‘p bo‘lmagan holda farqlansa, ularni bir xil o‘lchamdagi maktab jihoziga o‘tkazish mumkin. Jihozni bolaning yoshiga mos holda tanlab olish uchun o‘quv yilining boshida uning bo‘yini o‘lchash va bo‘yiga mos maktab jihoziga o‘tqazish kerak.

Bo‘yni 0.5 smgacha aniq va to‘g‘ri o‘lchash lozim. Bo‘yni bo‘y o‘lchagich bilan yoki o‘quvchini orqasi bilan devorga yopishib turishini ta’minlab, oyoqlari tovonlarini birlashtirib, oyoq uchlarini chetga ochgan holda devorga tekis holda tegib turishi lozim. 

Devorda o‘lchashni qulaylashtirish uchun devorga (plintus qalinligida) santimetrlarga bo‘lingan doskani qoqish kerak bo‘ladi.

O‘quvchini devor yoniga qo‘yib, to‘g‘riga qarash taklif etiladi va boshiga to‘g‘ri burchakli uchburchak qo‘yiladi, uchburchakning bir kateti o‘quvchining boshiga, ikkinchi uchi esa o‘lchagichli devorga qo‘yiladi, ana shundan uning bo‘yi aniqlanadi.

To Top ↑
To Top ↑