1. Ayollar sochining diametri erkaklardan ikki barobarga kichik.
2. Ayollarning yuragi erkaklardan tezroq uradi.
3. Ayollar erkaklardan ikki barobar tezroq kiprik qoqadi.
4. Erkak ayolga bog‘langanidan ko‘ra ayol erkakka qattiqroq bog‘langan. Shuning uchun ayollar oila qurishga qattiqroq intiladi. Bu oksitotsin darajasi oshiqligi bilan bog‘liq.
5. Ayollarning immuniteti erkaklardan kuchliroq bo‘ladi.
6. Ayollarning tilida taʼm sezish retseptorlari ko‘proq bo‘ladi.
7. Ayollarda og‘riq retseptorlari ko‘proq, biroq shamollash jarayonlarini bloklash estrogenlar sababli nafis jins vakillari dardga bardoshlidirlar.
8. Ayollar erkaklardan ko‘ra rangni yaxshiroq ajratadi, chunki rang ajratish xususiyati X-xromosoma bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
9. Ayollarning terisi erkaklardan 10 marta sezgirroq.10. Ayollarning ko‘kragida mushak to‘qimalari yo‘q.
11. Ayollarning mushak va paylarida kollagendan elastin ko‘proq, shu sababli ayollar egiluvchanroq bo‘ladi.
12. Ayollar erkaklarga qaraganda yuqori chastotali tovushlarni yaxshiroq ajratishadi.
13. Ayol miyasining elektr faolligi uxlagan vaqtda bor-yo‘g‘i 10 foizga kamayadi, shu sababli ayollar sergak uxlaydi.
14. Ayollar shirin taʼmni erkaklardan ancha yaxshi ajrata oladi.
15. Ayollarning nutqi uchun miyadagi ikkita markaz masʼuldir, shuning uchun ular bir kunda 8 mingcha so‘z aytib, 3 mingga yaqin tovush va 10 ming noverbal signaldan foydalana oladi. Bu ko‘rsatkichlar erkaklarda ikki barobar kamdir.
16. Ayollarning hid sezish hisi erkaklardan yaxshiroq, bu tug‘ma xususiyatdir.
17. Ayollarning periferik (chetki) ko‘rish xususiyati ustunroq. Erkaklarda esa tunnelcha ko‘rish xususiyati.
18. Ayollarning bo‘yni erkaklardan harakatchan va egiluvchan. Shu sababli chaqirganda, ayollar bo‘yni bilan burilib qaraydi, erkaklar butun tanasi bilan o‘giriladi.
19. Soch to‘kilish retsessiv belgisi o‘g‘ilga onasidan o‘tadi.
20. Ikkita X-xromosomaga egaligi sabab ayollarda kasallik asorati va xronik kasalliklar kam namoyon bo‘ladi.
21. Ayollar bir yilda o‘rtacha 30tadan 64tagacha yig‘laydi. Erkaklar bor-yo‘g‘i 6-17 marta (bu g‘arb olimlarining kuzatuvi, aslida bundan ham kamroq bo‘lishi tabiiy).
22. Homilador ayollarning 30 foizi yeb bo‘lmaydigan narsalarni yegisi keladi.
23. Progesteron, kortizol va estradiol gormonlari, ayniqsa, ovulyatsiya davrida bezovtalik va xavf hisini orttiradi. Shuning uchun ayollar xavf hisini erkaklardan ko‘ra yaxshiroq sezadi.