x

. Farzandingizga xaridlarni rejalashtirish, maqsadlar qo`yish, jamg`arish va uni ko`paytirishni o`rgatish uchun ajoyib imkoniyatingiz bor. Bola bilan «bank» uyinini o`ynang: pul sizda «bank»da turib turadigan bo`lsin.

Aytaylik, qizingiz qo`g`irchoq xarid qilishni xohlaydi. Hadyaga 10 000 so`m olgan. Bu pulga arzon, sifatsiz qo`g`irchoq sotib olish mumkin, xolos. Yaxshisi, qizingiz bilan internetdan shu qo`g`irchoqning sifatlisi haqida ma'lumot qidiring. Nimadan yasalgan, qanday xususiyatlari bor: ko`zini pirpiratadimi, qo`shiq kuylaydimi, narxi qancha? Qo`g`irchoq haqidagi videoroliklarni ko`- rish, his-tuyg`u va taassurotlar bilan o`rtoqlashish zavq beradi. Ana shundan keyin qizingizni qo`g`irchoqning soxtasini emas, balki sifatlisini sotib olishga, buning uchun yana biroz pul jamg`arishga ko`ndirishingiz mumkin bo`ladi. Bu bilan bir nechta muammolarni hal qilasiz: izlanishga qiziqish uyg`otasiz, sifatli va qalbaki narsa nima ekanligini ko`rsatasiz, did-farosatni, shu bilan birga, sabr-toqatni ham shakllantirasiz, etishmayotgan mablag`ni ishlab topishda yordam ko`rsatasiz.

To Top ↑
To Top ↑