Qo`llaniladigan so`zlar soni kabi muhim bo`lgan yana bir jihat suhbat mazmunida qancha maqtov va qancha tanbex borligi. Dashnomli va qo`llab-quvvatlovchi so`zlar “til”i bolalarning muvaffaqiyatiga katta ta'sir o`tkazadi. Shuningdek, oilada qo`llaniladigan so`zlarning ijobiy yoki salbiy ekanligi o`rganildi.
Tadqiqot natijalariga ko`ra:
• Ziyoli oilalarda 6 ta ijobiy so`zga 1 ta salbiy so`z to`g`ri keladi.
• Muammoli oilalar farzandlari uchun bu ko`rsatkich 2 ta ijobiy so`zga 1 ta salbiy so`z to`g`ri keladi. Bu ko`rsatkich “til jarohati”ning yuqori darajasini bildiradi.
Professor Sonya Lyubomirskiyning tadqiqotiga ko`ra, uzoq davom etadigan nikohlar siri “5 ta ijobiy ta'sirga 1 ta salbiy ta'sir” formulasida yashiringan. Bu oltin sifatga erishishda maktabda ham, ishda ham, oilada ham “inson munosabatlarini muvaffaqiyatli boshqarish” yashiringan. Ushbu tadqiqotlar qaysi nuqtada o`zimizni isloh qilishimiz kerakligini ko`rsatadi.
Til psixologiyasida 1 ta xato 5 ta to`g`riga erishish uchun, noto`g`ri so`zlarni umuman ishlatmaslik maqsadga muvofik, xatoning o`rnini qoplashga urinishdan ko`ra uni sodir etmagan ma'qul. So`z boyligini oshirish va til jarohatlaridan qochish rivojlanishning asosiy maqsadi bo`lishi kerak.
“So`zning kuchini anglamagan – insonlarning kuchini anglamaydi”, degan edi Konfutsiy. Boshida qayd etganimizdek, bolalarga taqdim etadiganimiz ijtimoiy muvaffaqiyatning “boshlang`ich sarmoyasi” bizning so`zlarimizdir. Birinchidan, ular bizning so`zlarimizni qabul qiladilar, keyin ular maktabdagi darslarni shu so`zlar orqali tushunishadi, bu tushuncha ularda o`ziga ishonch bag`ishlaydi, o`zlariga bo`lgan ishonchning ortishi esa ularning yanada ishtiyoq bilan o`rganishlariga sabab bo`ladi, so`ngra hayotlarida muvaffaqiyatga erishadilar.
Ularning ichki dunyosini tashkil etuvchi so`z boyligi qanchalik chuqur, boy va keng bo`lsa, tashqi dunyoda ham shunchalik hukmronlik qila oladi.
O`zlarining ichki va tashqi dunyosini etarlicha nazorat qilishlari uchun ularga yana nima kerak? Qat'iyat, chidamlilik va iroda kuchi.