x

“Bolalar va pul” degan muammodan yashirinib bo`lmaydi, bu hayotning kundalik masalalaridan biri. Bolani yoshiga qarab u yashaydigan muhitning moliyaviy munosabatlariga “moslashtirish” kerak.

Buning uchun:

— 5 yoshidan boshlab u bilan oila byudjeti haqida gaplashib turing;

— bolalar bilan 3-7 yoshida “pul” o`yinlarini o`ynang, kasb kilsin, ish haqi olsin;

— uy ishlariga haq to`lamang, lekin ishlab topish uchun imkoniyat yarating;

— pulga to`g`ri munosabatni shakllantirishni, xaridlarni rejalashtirishni, maqsad qo`yishni, jamg`arishni, ko`paytirishni o`rgatish uchun bolaning o`z pullaridan foydalaning.

Pul bilan muomala qilishni o`rganish ham gapirish, o`qish, hisoblash kabi muhimdir. Mutaxassislar: “Pul bilan muomala qilish san'ati shaxsiy orzu-havaslarni jilovlash qobiliyatini aks ettiradi”, — deb hisoblaydilar va bu san'atni bolaga yoshligidanoq o`rgatish kerak.

To Top ↑
To Top ↑