36 yoshda va uch farzand onasi bir ayol juda muhim savol bergandi: "Farzandlarimizni ulg`aytirishda turmush o`rtog`im bilan qo`limizdan kelgancha yaxshi ishlar qilishga harakat qildik. Faqat 16 yoshli qizim menga aytgan bir gapi haligacha vijdonimni qiynaydi: "Sizlar tufayli men bolaligimni bilmay o`sdim." Vaholanki qizim bolaligini juda sokin o`tkazgandi. Shu yoshgacha meni va dadasini xafa qiladigan biron harakat qil- magan. Qizim juda baxtiyor o`tkazgan bolalik damlarini eslab bu gaplarni gapirishiga umuman tushunmayapman. Men qayerda xato qilgan bo`lishim mumkin?"
Bu savolni aslida bizning bola tarbiyasida qanchalik noto`g`ri ko`chalarda aylanib yurganimizni ko`rsatuvchi ishora deb qabul qilishimiz mumkin. Chunki jamiyatda aqlli, tartibli bola ulg`aytirish bolaga tarbiya berish hisoblanadi. Vaholanki, aqlli bola, yaxshi bola deya ta'riflangan har bola ham tarbiyali bola bo`lib voyaga etmasligi mumkin. Huddi yuqoridagi misolda bo`lgani kabi. Aksariyat ota-onalar buni sezishmaydi.
Shu o`rinda bola tarbiyasida muhim bir sirni sizlarga oshkor qilamiz. Buni o`zingizga yaqin barcha ota-onalarga etkazish sharti bilan. Chunki ko`pchilik ota- onalar bu sirni bilmaganliklari uchun bola tarbiyasida noto`g`ri harakatlar qilishadi. Yillar o`tib farzandlari yuzlariga solganlaridagina bu xatolarini sezadilar.
Har aytilganga ko`nadigan bola bo`lmaydi. Fakat noto`g`ri tarbiya berilgan bola bo`ladi.
Nima uchun?
Chunki bola podshodir...
Hech qanday qoida, tartibni anglamaydi...
Zero endigina dunyoga kelgan boladan qaysi qoida, qaysi tartibga rioya qilishini talab qilish mumkin? Axir u bola-ku!
Yuguradi, to`polon qiladi, yiqilib tushadi, ba'zan oyna sindiradi, ba'zan ko`nglingizni vayron qiladi. Agar farzandingiz bunday ishlarni qilmayotgan bo`lsa, uning sog`lig`ida biron muammosi bor, yoki uning ustida qattiq ruxiy bosim bordir. Huddi yuqoridagi ayolning savolida yashiringan haqiqat kabi: "Shu yoshgacha qizimiz meni va dadasini xafa qiladigan hech narsa qil- magandi."
Ayolga shu savolni berdik: "Qizingiz sizni xafa qiladigan biron nima qilmaganining sababini xech uylab ko`rdingizmi? U balki sizni xafa qilmaslik uchun, sevgingizni yo`qotib qo`ymaslik uchun o`zining podsholik davrini yashashdan voz kechgandir. Sizning yoki dadasining "xato qilsang, xafa bo`laman yoki jazolayman" kabi so`zlari ta'sirida sizlarni yo`qotib qo`yishdan qo`rqqani uchun "aqlli qiz" bo`lib sun'iy harakatlar qilgandir."
Afsuski, aksariyat ota-onalar farzandlarining "aqlli, yaxshi bola" bo`lishini orzu qilgan holda bolalari ustida juda katta ruhiy bosim o`tkazib qo`yishganini farqiga ham borishmaydi. Vaholanki, ota-onalarning asosiy vazifalaridan biri, farzandlariga ruhiy bosim o`tkazib, ulardagi xarakterni o`zgartirishga majbur qilish emas, balki ularni chaqaloqligidanoq yaqindan tanib, ularning qobiliyatlarini va zaif, kuchli tomonlarini kashf qilishdan iboratdir. Kashf qilgan qobiliyat va zaif tomonlarini inobatga olgan holda ularning ham axloqiy, ham aqliy rivojlanishlari uchun imkoniyat yaratishdir. Agar bu aytilgan so`zlar sizga ham biroz tanishdek tuyulgan bo`lsa, sizning ham xato qilgan eringiz aynan shudir.
Unday bo`lsa, qahramonimiz bilan bir xil vaziyatga tushgan oilalar bu holatda nima qilishi kerak?
Bunday muammoga duch kelgan barcha ota-onalarga aytamiz:
Bu vaqtdan so`ng siz tomoningizdan qiladigan biron narsa yo`q. Vaqt ortga qaytmaydi. Sizga tavsiyamiz: Farzandingiz bilan samimiy suhbat qurishingiz kerak. "Kizim, o`g`lim! Seni shunday yaxshi ko`rardikki, biron xato qilishingni ham istamasdik. Shu sababdan senga erkin bolalik xam berolmadik. Bola o`stirishda ko`p tajribamiz bo`lmagani uchun o`zimiz istamagan holda xatolarga yul kuydik. Koshki, bizni kechira olsang..."
Bu gaplarni aytishdan aslo tortinmang. Qizingiz yoki o`g`lingiz bu so`zlaringizdan, albatta, ta'sirlanadi va orangizdagi sovuqchilik mutlaqo yo`qoladi. Sizning samimiy e'tirofingiz uning nazdida e'tiboringizni oshiradi.
Bu javobdan ko`rinib turibdiki, ota-onaning bola tarbiyasidagi asosiy vazifasi bolasining tabiatini o`zgartirish va uni "aqlli, yaxshi", sokin, kamgap bo`lishi uchun kurashish emas, aksincha bolaning xususiyatlarini kashf qilib, uni bu qobiliyatlariga ko`ra o`stirish va o`ziga mos yo`lga solishdan iboratdir.