x

Bolaning asosiy ehtiyojlari ota-onasi tomonidan mexr ila qondirilishi zarurligini aytgandik. Agar mana shu ehtiyojlar qondirilmasa, himoya me- xanizmi sifatida regressiya yuzaga keladi. Bolada ehtiyojlari qondirilmayotgan rivojlanish davridan aqlan uzoqlashish va o`zini yaxshi, xavfsiz xis qilgan davr (Go`daklik davriga qaytish) xususiyatlarini takrorlashi kuzatiladi.

Ukasi bor bola ruhiyatidagi keskinlikni bartaraf etish uchun aqlan ortga chekinadi, ya'ni tagini ho`llab qo`yishi, barmog`ini so`rishi yoki chaqaloqqa o`xshab gapirishini misol tariqasida aytishimiz mumkin. Biz kattalarda esa «embrion holatida», ya'ni yonboshlab, oyog`imizni o`zimizga tortib yotishimiz, tushkunlik paytida ishtahamizning haddan ziyod ortishi yoki doimiy ravishda o`tmish xotiralarini eslab, bugunning haqiqatidan uzoqlashishimiz ham mana shu himoya mexanizmiga misol bo`la oladi.

Yakkalanish

Ota-onasi janjallashayotganda, go`yo hech narsa bo`lmagandek o`ynashda davom etayotgan bola, bu ziddiyatdan o`zini hissiy jihatdan himoya qilish uchun izolyatsiya (o`zini yakkalash) mexanizmini faollashtiradi. O`ziga yangi dunyo qurish orqali, mazkur dunyodan xavfsiz makon sifatida foydalanadi. Faqat televizor kurishi, komp'yuter o`ynashi, soatlab o`yinchoqlari bilan berilib o`ynab o`tirishi yakkalanishga intilish sifatida kuzatiladi.

"Men bolamni urmayman" kitobidan

To Top ↑
To Top ↑