x

Bir ota o`z boshidan kechirgan salbiy tajribalaridan kelib chiqib, farzandining ta'lim olishi ustida o`ta e'tiborli bo`ladi. Bu borada farzandlariga kichik yoshidanok jiddiy qaraydi. Bu xususda muvaffaqiyatga ham erishadi. Uning farzandlarini ko`rgan kishilar hayratlanmay ilojlari yo`q. Shu darajadaki, qisqa avtobus safari asnosida bir necha kishining cho`ntagini umuman sezdirmasdan "urib qo`yishi" mumkin. Hatto bilintirmay hamyonlarni joyiga qo`yib qo`yishi ham mumkin. Ota o`g`lining bu "muvaffaqiyati"dan boshi osmonda.

Chunki o`zi cho`ntakkesarlik bo`yicha yaxshi ta'lim ko`rmagani sababli bir necha bor militsiyaga ushlanib qolgan. Bu jinoyatlar uchun jazo olish, qamoqxonada o`tiraverish joniga tekkan. Shu sababdan u o`z o`g`lining ham bu ko`rguliklarni ko`rishini istamaydi.

Endi sizga savol: Bu bola yaxshi ta'lim olganmi? Albatta, yaxshi ta'lim olgan, lekin umuman tarbiya ko`rmagan. U holda "ta'lim" va "tarbiya" orasidagi farq qayerda?

Lug`aviy ma'nosiga e'tibor qilsangiz ma'lum bir mavzuda kishiga bilim o`rgatish va malaka, tajriba qozontirish "ta'lim" hisoblanadi. Boshqacha qilib aytadigan bo`lsak, ta'lim olgan bola ma'lum bir sohada bilim va tajribaga ega bo`lgan bo`ladi. Yaxshi ta'lim olmagan bola esa o`rganishi kerak bo`lgan mavzu ustoz tomonidan etarli darajada o`rgatilmagan bola hisoblanadi. Shu o`rinda aytib o`tish joizki, yaxshi ta'lim haqida so`z ochil- sa "ta'lim berishning sifatiga urg`u beriladi, uning maqsadi va vazifalariga e'tibor berilmaydi. Yomon ta'lim haqida so`z yuritilganda "ta'limning sifatsizligiga" e'tibor qilinadi va aksincha ta'lim olgan kishining yomonligiga qaralmaydi.

"Bola tarbiyasida to`g`ri ko`ringan xatolar" kitobidan

To Top ↑
To Top ↑