x

Ota-onaning vayronkor va noto`g`ri munosabati, bola ruhiyatiga nihoyatda zarar beruvchi holatdir. Bolada bu xatti-harakatlarning noto`g`ri ekanligini qabul qilish imkoni yo`q, chunki bola nimani ko`rsa, shuni tug`ri deb biladi. Bunday hollarda u ota-onasining salbiy xatti-harakatlarini mantiqan asos- lashga harakat qilib, ularni oqlashga urinadi. Seminarlarda onasining noto`g`ri munosabati haqida gap ketsa, bolalik paytidagi «men»i bezovta bo`lib, «O`sha paytlarda hozirgidek pedagogika yo`q edi», «Oyimning o`zi etarlicha dardi bor edi, nima ham qilardi», «Hozir o`ylab qarasam, yaxshiyam meni shunga majburlagan ekan, deyman, yo`qsa eplolmasdim», kabi gap aytadigan kattalar bolalarga xos himoya mexanizmi bilan ota-onasini oqlashga harakat qiladi.

"Men bolamni urmayman" kitobidan

To Top ↑
To Top ↑