Otalar muhim ishlar bilan mashg`ul. Shu darajadaki, farzandlari bilan biroz shug`ullanishdan ham muhim. Otalar farzandlarining moddiy ehtiyojlarini qondirish bilangina otalik vazifasini bajardim deb o`ylamasliklari, vijdonlarini biroz roxatlatish uchun bolalarini haftada bir marta sayrga olib chiqish etarli, deb tushunmasliklari kerak. Bu tarzda otalik qilayotgan xafa bo`lmasinlar, otalik vazifasi bulardan iborat emas. Ikki hafta farzandi bilan nimaningdir rejasini tuzgan otaga buni yana bir bor eslatilmasa unutib qo`yadigan ota qo`rqishi, qattiq qo`rqishi kerak. Modomiki, sizning vaqtingiz hisobli, farzandingiz uchun vaqtingiz bo`lmasa, u holda o`zingizning kelajagingiz haqida hozirdan qayg`urishingiz kerak bo`ladi.
Sizni 15 kun yoki 1 oyda bir marta to`rttagina non bilan bir soatga ko`rgani keladigan farzandingiz ustidan shikoyat qilishni umuman xayolingizga keltirmasligingiz kerak. "O`g`lim, qizim, nega men bilan gaplashib o`tirgani bemalol kelmaysan, kelasanu ketasan" degan so`zlaringizga javoban, "uyda hamma narsa etarli bo`lsa, maza qilib o`tirsangiz-chi, meni ishlarim boshimdan oshib yotibdi" degan javoblarga tayyor turishingiz kerak.