x

Bolaning muvaffaqiyati ko`proq nimaga bog`liq? Televizorgami? Otasining kredit kartasigami? Oshxonada eng tez pishadigan taomgami? Divanlar brendigami? Kutubxonadagi kitoblar sonigami? Albatta, bularning barchasi qandaydir ta'sir ko`rsatishi mumkin, ammo sizning fikringizcha, qaysi omil ustunlik qiladi?

Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari bu savolga javob topishga qiziqdilar. Ular ushbu mavzu bo`yicha eng keng qamrovli ilmiy tadqiqotlarni ishlab chikdilar. Tadqiqot 20 yil davom etdi. Ishtirokchi davlatlar soni 27ta, ishtirokchilar soni esa 70 000dan ortiq. Natijalar 2010 yilda nashr etilgan. Hayratlanishga tayyormisiz? Savolning javobi - uyda kitoblarning ko`pligi! Uyida kitobi ko`p bo`lgan oilalarning farzandlari ham ko`proq ta'lim oladi, ham ko`proq daromad topadi. Yaxshi kutubxona aql hamda pul olib keladi!

Gigant tadqiqotining eng hayajonli natijasi bu: ma'lum bo`lishicha, uydagi kitoblar soni qaysi diyorda tug`ilganingizdan, oilangizning ta'lim daraja- sidan, mamlakat farovonligidan, kasbingizdan va mamlakatdagi siyosiy tuzumdan ko`ra muhimroq ekan! Bu, albatta, juda yaxshi yangilik. Chunki kitob o`qish qo`limizdan keladigan va qimmatbaho bo`lmagan bir vositadir. Yaxshi kutubxona ayni paytda «imkoniyatlar tengligi» degan ma'noni ham anglatadi. Dunyodan armonsiz ketishni istagan har bir ota-ona farzandlari uchun yaxshi kutubxona qoldiradi.

To Top ↑
To Top ↑