x

 

Bolaga ta'lim berishda dastavval qo`yilgan maqsadga erishish "muvaffaqiyatga erishish" xisoblanadi. Yuqoridagi misolda, ota farzandini usta cho`ntakkesar qilib etishtirishni maqsad qilib kuygan. Davomli va muvaffaqiyatli ta'lim jarayoni natijasida bu maqsadga erishgan.

Bola tarbiyasida esa undan maqsad nima ekani muhim. Agar bolaga o`rgatiladigan narsalar umumqabul qilingan normalar (jahon hamjamiyatida umumiy qabul qilingan kadriyatlar, urf-odat, madaniyat, diniy qadriyatlar)ga asoslanib o`rgatilsa, bu jarayon ta'lim emas balki tarbiya bo`ladi.

Yana o`sha cho`ntakkesar ota misoliga qaytadigan bo`lsak, ota "Men farzandimni usta cho`ntakkesar qilib tarbiyalamokchiman" degan paytda uning qarshisiga yuqorida sanab o`tilgan normalar (jahon hamjamiyatida umumiy qabul qilingan qadriyatlar, urf-odat, madaniyat, diniy qadriyatlar)chiqadi va unga bolasini cho`ntakkesarlik ta'limini olishiga ruxsat bermaydi. Agar ota qaysarlik bilan yana bolasini bu ishga yo`naltirsa bu bolani "anormal", ya'ni normalardan tashqariga chiqqan bola, deb ta'riflash mumkin. Odatda esa normalarga zid bo`lmagan biron soha ta'limini olgan bola muvaffaqiyatga erisha olmasa, uni "anormal" deya olmaymiz. Huddi shunday ta'limda muvaffaqiyatga erishgan-u, diniy, madaniy, ahloqiy normalarga zid harakatlar qilgan bolani "yaxshi" deb ayta olmaymiz.

"Bola tarbiyasida to`g`ri ko`ringan xatolar" kitobidan

To Top ↑
To Top ↑