x

Nima uchun uydagi kitoblar adadi qaysi mamlakatda tug`ilganingizdan ko`ra muhimroq?

• Tadqiqotchilarning fikricha, tug`ilgan joy ta'lim darajasida o`rtacha 2 yillik farqqa sabab bo`ladi. Bu nima degani? Boshqa hamma narsa teng bo`lsa, rivojlangan davlatda tug`ilgan bola rivojlanmagan mamlakatda tug`ilgan bolaga qaraganda o`rtacha 2 yil ko`proq ta'lim oladi. Ammo qaysi davlatdan qat'i nazar, 500dan ortiq kitobi bor uyda tug`ilish bu farkni 3,2 yilga olib keladi.

• Mamlakat qanchalik kam rivojlangan bo`lsa, kitoblar soni shunchalik ijobiy bo`ladi. Masalan, Hitoyda bir uyda 500dan ortiq kitob bo`lsa, bolaning bilim darajasini 6,6 yoshga oshiradi. AQShdagi ta'sir muddati esa 2,4 yil. Bu Turkiyada ham katta farq qiladi degani.

• Kitobsiz uy bilan 500dan ortiq kitobi bo`lgan uy o`rtasidagi farq ota-onaning o`qimagan, past ma'lumotli (3 yillik maktab) yoki oliy ma'lumotli (15-16 yillik ta'lim) o`rtasidagi farq kabi katta. Ota-onasi oliy ma'lumotli bo`lganlar o`rtacha 3,2 yil ko`proq ta'lim oladilar. Agar siz oliy ma'lumotli bo`lmasangiz, tashvishlanishga hojat yo`q. Kamida 500ta kitob bo`lgan uyda bo`lish ham xuddi shunday natija beradi.

Tadqiqotlarga ko`ra past ma'lumotli oilalarning farzandlari uyda ko`proq kitob bo`lishidan ko`proq foyda olishadi. Hatto uylarida 100ta kitob bo`lsa ham ularning ta'lim darajasida jiddiy o`zgarishlar yuz beradi. Kitoblar soni qancha ko`p bo`lsa, foyda ham shunga yarasha bo`ladi.

• Kolaversa, uyda etarlicha kitob bo`lishi otaning bilim darajasidan ko`ra ikki barobar muhimroqdir. Quvonarlisi shundaki, kutubxona joy tanqisligiga barham berishi mumkin!

R.Ѕ. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, kitob kam o`qiladigan mamlakatlarda kitob o`qish muvaffaqiyatga ko`proq ta'sir qiladi!

"Bolalar muvaffaqiyatga qanday erishadilar" kitobidan

To Top ↑
To Top ↑