Bolalik yillarida yuzaga kelgan proyektsiya himoya mexanizmi, katta bo`lganimizda boshqa birovni ayblash tarzida namoyon bo`ladi. Misol uchun, bir ayol onasining kuch ishlatishida buvisini ayblab, «Har doim buvimni deb shunday bo`lgan», deyishi mumkin. Yoki ota-onasiga bo`lgan g`azabning bir qismini turmush o`rtog`iga aks ettirishi va eri bilan munosabatlarida onasi bilan bog`liq jarohatli kechinmalarni qayta takrorlashi mumkin. Karl Gustav Yung insonning soyali tomoni haqida gapiradi. Yungning fikricha, inson ong ostiga bostirgan «men» obrazini ikki xil tarzda ko`rsatadi. Ye xatoni tuzatish orqali kimnidir aks ettirishni tanlaydi yoki bu xususiyat o`ziniki emas, balki boshqa birovning xususiyatidek ko`rsatadi.
Masalan, ota-onasi o`ta kuyinchak va himoyachi bo`lgan bolakayni olaylik. Bu bolada tez xafa bo`lish xususiyati ko`proq rivojlangan bo`ladi. Yuqori dara- jadagi proyektsiya mexanizmi tufayli ichki dunyosidagi arazchi va xafahollik histuyg`ularini atrofdagi odamlarning shafqatsiz va buyruqbozligidan ko`radi. Yoki turmush o`rtog`ini va farzandini (yaqinlarini) qadrsiz his qildirish orqali o`zidagi qadrsizlik sxemasini ularga o`tkazadi.
"Men bolamni urmayman" kitobidan