x

Homiladorlik bu sharafli mas'uliyatdir. Faqat o`z hayotingiz emas, tug`ilajak farzandingiz hayoti uchun xam javobgarsiz. Shuning uchun ayrim bo`lajak onalar bir oz xatolikka yo`l qo`ysalar o`zlarini koyib, xavotirga tushadilar. Ammo bolangizga ichib qo`ygan biror bir doringiz, notoza havodan olayotgan nafasingiz yoki komp'yuter nurlarining ta'siri emas, buzilayotgan asablaringiz qimmatga tushishi mumkin. O`zingizni ayblashdan qoching. Eng yaxshisi, tinchlantiruvchi musika ostida hordiq chiqarib, nafasingizni rostlab oling. Asta-sekinlik bilan chuqur nafas oling va chiqaring. Ko`z oldingizga sog`lom, chiroyli, har tomonlama hammada havas uygotadigan farzandingizni keltiring. Qorningizni silab, uni erkalab kuying.

Harakat - bu xayot

Bulajak onaning kam harakatliligi ham ruhiyatiga salbiy ta'sir qiladi. Bu davrda organizmingiz zo`riqqan bo`ladi. Agar sizni bel og`rigi, tomir shishishi yoki ich qotishi bezovta qilayotgan bulsa, eng yaxshi ko`makchingiz jismoniy tarbiyadir. Ehtimol, maktab davridanoq bu suz sizda yoqimsiz xislarni uyg`otadigan bo`lsa, ochiq havoda ko`proq sayr kiling.

Homiladorlar uchun mo`ljallangan mashqlarni bajarishning bola uchun foydasi katta. Nafas yullari bilan bog`liq mashqlar bola miyasiga kislorod etishmasligining oldini oladi, asablarni tinchlantiradi.

Homiladorlik sizga o`zingiz haqingizdagi yangi kirralarni ochadi. Qo`rqmaslikka o`rganing. O`zingizdagi o`zgarishlarga o`rganing. O`zingizni seving, o`zingizga mehribon, g`amxo`r buling.

"Hademay ona bo`lasiz" kitobidan

To Top ↑
To Top ↑