So`nggi yillarda to`lovga layoqatsiz yoshlar soni 10 barobar ko`paygan. Bir guruh olimlarning aniqlashicha, 45 yoshgacha bo`lgan har beshinchi londonlikdan biri nakd pulsiz to`lovlar tufayli qarzga botgan.
Bu holat ota-onalarni tashvishga solmoqda: bolaga naqd pulsiz amalga oshiriladigan to`lovlarni nazorat qilishni qanday o`rgatish kerak?
Mutaxassislarning fikriga ko`ra, ota-onalar farzandlari bilan bu kabi savollarni muhokama qilishlari shart. To`g`ri, bu biroz murakkab mavzu va ko`pchilik uni chetlab o`tishni afzal ko`radi. Lekin uni tushuntirishning oson yullari bor. Masalan, do`konda sotib olgan narsalarni chek orqali qanday aniqlashingiz, mobil' ilova orqali barcha amaliyotlaringizni qanday nazorat qilishingiz va nima uchun tejayotganingiz sabablarini bolaga aytib o`ti shingiz kifoya bo`ladi.
Bolalarning yoshiga qarab moliyaviy savodxonlikni o`rgatishda yordam beradigan juda ko`p usullar allaqachon ishlab chiqilgan. Quyida ularning ba'zilarini keltirib o`tamiz.
" Men, bolan va pul " kitobidan