x

Bolalarning muvaffaqiyati haqida gap ketganda, ishonch va umid bir-biriga bog`langan xolda ko`z ungimizda namoyon buladi. Bir boladan:

1. Muvaffakiyatli bulishini kutasiz. Ya'ni, uning bir narsalar qilishiga ishonasiz.

 2. Hech narsa kutmaysiz. Boshqacha qilib aytganda, siz uning muvaffaqiyatiga befarqsiz, u muvaffakiyatga erishadimi yoki muvaffaqiyatsiz buladimi, siz- ni qiziqtirmaydi. Befarqlik ayni paytda ishonchsizlik demakdir.

3. Siz uning muvaffaqiyatsiz bo`lishini kutasiz. Bu shuni anglatadiki, siz uning xech kim bo`lmasligiga va ertangi kuni bugunidan ham ayanchliroq bo`lishiga ishonasiz.

Hozirgacha olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko`ra ushbu uch shartning bola muvaffaqiyatiga kay darajada ta'sir ko`rsatishini anglamoqchi bo`ldik. Boladan haqqoniy muvaffaqiyatni kutish va unga ishonch bildirish uni rivojlantiradi. Aksincha, undan muvaffaqiyatsizlik kutish («Sendan hech narsa chiqmaydi» qabilida) eng xavfli yondashuv hisoblanadi. Har bir bola o`z imkoniyatini yuzaga chiqarish uchun zalvorli harakat, faol sabr va kifoya kiladigan vaqtga munosibdir.

Ushbu tadqiqotdan yodda tutish kerak bo`lgan eng muhim g`oyalardan biri nima? Muvaffaqiyatni haddan tashqari kutish qay darajada zararli bo`lsa, muvaf- faqiyatdan umuman umid qilmaslik ham shu darajada zararlidir. Muvaffaqiyatni kutmaslik beparvolik va befarqlik bilan birgalikda, muntazam muvaffaqiyatsizlikka olib boradi. Ko`plab sinf xonalar va oilalarda shu tarzda «g`oyib bo`lgan bola»lar bor! Muvaffaqiyatli bolalar daraxt kavagida bo`lmaydi! Ularni kashf etish, sa'y-harakatlarini kuzatish, irodasini qo`llab-quvvatlash, ongiga muhim g`oyalarni singdirish, sarosimaga tushganda ularni to`g`ri yo`lga boshlash zarur. Ushbu kitobdan maqsad, bu borada siz uchun foydali bo`ladigan va butun dunyoda qo`llaniladigan usullar bilan tanishtirishdir.

"Bolalar muvaffaqiyatga qanday erishadilar" kitobidan

To Top ↑
To Top ↑