x

Biz kaysi davlatda, qaysi oilada tug`ilishimizni tanlay olmaymiz, lekin qancha kitob o`qishimiz o`zimizga bog`liq. Kambag`al mamlakatdagi adolatsiz boshqaruv ostida yoki oliy ma'lumotli bo`lmagan oilada dunyoga kelish dunyodan ortda qolish degani emas. Sizga kerak bo`lgan quvvat 500 ta kitobdan iborat kutubxonada mavjud! Agar sizning bunga imkoningiz etmasa, kutubxonalar sizning xizmatingizda!

Albatta, kutubxona uchun tanlab olingan kitoblarning tarbiyachisi va ishlab chiquvchisi ham muhim ahamiyatga ega. Kitoblarning soni emas, mazmuni muhim! Ushbu kitoblarni xarid qilgan ekansiz, siz foydali bilim kuchiga ishonadigan, ongli muvaffaqiyatga e'tiborli va farzandingizning muvaffaqiyati haqida qayg`uradigan insonsiz. Endi siz farzandingizga qoldirishingiz mumkin bo`lgan eng katta meros nima ekanini bilasiz. Bizning zamonda kuch bilimdan keladi, kitob esa bilimlar jamg`armasidir. Kitoblar teng imkoniyatlar vositasidir.

Farzandlaringizga qoldiradigan oxirgi moddiy meros sizning mulkingizdir. O`rtancha meros - bu sizning kutubxonangiz. Birinchi meros esa bu sizning so`z boyligingiz. Navbatdagi mavzuimiz farzandingizga ichki dunyosini qurishda qo`llaydigan so`zlarni o`rgatish.

                             "Bolalar muvaffaqiyatga qanday erishadilar" kitobidan

To Top ↑
To Top ↑