x

Bolaligimizda o`zimizga bo`lgan ishonchga qanchalik ko`p putur etkan bo`lsa, ulg`ayganimizda shunchalik ustun bo`lishga moyil bo`lamiz. Aslida, ongsiz ravishda yo`qotgan kuch va ishonchimizni tiklashni istaymiz. Zo`ravonlik ko`rsatadigan, bezorilik qiladigan, jamiyat qonun-qoidalariga zid bo`lgan, odob-axloq qoidalarini mensimaydigan insonlar o`tmishini o`rganar ekanmiz, ularning aksariyatida xazon bo`lgan bolalikni uchratamiz. Biroq bu zo`ravonlikka bahona bo`la olmaydi, albatta.

Ushbu himoya mexanizmining ta'sirida bo`lgan odamda farzandiga kuch ishlatib, zo`ravonlikni tarbiya, deydigan onani ko`ramiz. Bolaga majburlab ovkat edirish, majburlab uxlatish, bolaning istaklariga asossiz qarshi chiqish, uning hayot chegaralariga majburan burun suqish kabilar ustunlik hirsining ko`zga tashlangan harakatlaridandir.

                                                                                                                                                                                           "Men bolamni urmayman" kitobidan

To Top ↑
To Top ↑