Yengil vazn toifasida UFC chempioni avstraliyalik Aleksandr Volkanovski qizining Islom Maxachevdan qo'rqishini tan oldi.
Qizimdan "Nimadan qo'rqyapsan?" deb so'radim.
– Uyimizga kimdir bostirib kirsa-chi? – dedi u.
– Asalim, xonangning eshigi ochiq, men shu yerdaman, hech kim kirmaydi.
– Agar ular derazadan kirsa nima bo'ladi?
Men unga javob berdim.
– Qizalog'im, hammasi yaxshi. Men shu yerdaman. Axir men jahon chempioniman, xavotir olma. Men buni albatta hal qilaman. – dedim. U esa:
– Agar bu Islom Maxachev bo'lsachi? – dedi.
Eslatib o'tamiz, Volkanovski va Maxachev 2023-yil ikkita jang o'tkazishgan — fevraldagi jangda dog'istonlik sportchi raqibini ochkolar hisobiga yenggan bo'lsa, oktyabrdagi jang birinchi raunddagi nokaut bilan yana Islom Maxachev g'alabasi bilan yakunlangan.
P4P chempioni Aleks Volkanovskiyning qizi Maxachevdan qo'rqishiga ham sabab otasi 2 marta shu insondan mag'lubiyatga uchraganidir ehtimol.