UFC sobiq chempioni, aralash yakkakurashlar ustasi Habib Nurmagomedov katta sportni tark etganidan ko'pchilik xabardor. Yaqinda Amerika promouterlik kompaniyalaridan biri dog'istonlik sportchiga 40 million dollar evaziga sportga qaytish taklifini bildirgani va Habib bu taklifni rad etgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Sportchining sobiq murabbiyi Xavier Mendes uning sportga qaytishi yoki qaytmasligi masalasida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
"Shu paytgacha Habibning so'zi kafolat edi — u o'z so'zidan hech qachon qaytgan emas. Ketmoqchiman degan va shunday qilgan. Shuningdek, u hali murabbiylik qilmasligini ham aytgan. Lekin hozircha o'zining yaqinlari bo'lgan sportchilarni tayyorlab, birga mashg'ulot o'tkazib turadi.
U bir narsani xohlaydi — u ham bo'lsa oilasi bilan vaqt o'tkazish. Habib farzandlari undan uzoqda ulg'ayishlarini istamaydi. U qachondir bir gap aytdimi, albatta shu so'zining ustidan chiqqan.
Habibni yana janglarga qaytishini istaydiganlar: iltimos, bas qiling! Uni kelajakda burchakda turib sekundantlik qilayotganini ko'rarmiz balki. Lekin hozir unda hammasi joyida.
100 million dollar taklif qilishsachi? Habib doim o'zidan nimadir qoldirish haqida o'ylaydi, pul u uchun ahamiyatga ega emas", — dedi Mendes.